Uch yoshli bolakay otasining to‘pponchasi bilan o‘zini otib qo‘ydi


Rossiyaning Leningrad viloyatida uch yoshli bola otasining avtomobilidan to‘pponcha topib oldi va o‘zini otib qo‘ydi. Bola shifoxonaga yotqizildi.  Bu haqda “Lenta.ru” xabar berdi.
 
Hodisa Vsevolod tumanidagi Zanevka qishlog‘ida sodir bo‘ldi. Bola Lexus avtomobili bardachogidan travmatik to‘pponchani qo‘liga olib, bo‘yniga qarata tepkini bosdi, deyiladi xabarda.
 
Ayni damda bola shifoxonaning jonlantirish bo‘limida yotibdi. Ahvoli o‘rtacha. Uning otasi ma’muriy javobgarlikka tortildi. Bolaning otasiga Rossiya Federatsiyasi Ma’muriy huquqbuzarlik kodeksining “Qurolni saqlash,  olib yurish va yo‘q qilish” va “Qurolni ro‘yxatdan o‘tkazish muddatini buzish” moddalari bo‘yicha ish ochilgan.
 
Xabarda yozilishicha,  bundan oldin ham shunga o‘xshash voqea yuz bergan.  Joriy yilning yanvar oyida 11 yoshli bola otasining travmatik qurolini o‘ynayotib, o‘zini otib qo‘ygan edi.
Ruslan Sulaymonov


Категория: DUYNO XABARLARI | Теги: Uch yoshli bolakay, o‘zini otib qo‘ydi, bilan, to‘pponcha, otasi
Просмотров: 1685 | Рейтинг: 0.0/0

Похожие материалы

ПРОФИЛЬ
Время: 19:03
Добро Пожаловать, Гости
 
Логин:
Пароль:
Copyright © MP3LAR.COM 2016-2024 | Все права защищены | Реклама | Мы не несём ответственности за содержание. | Бесплатные произведения предназначены исключительно для предварительного ознакомительного прослушивания. Использование материалов сайта возможно только с письменного разрешения Администрации. | Сделать бесплатный сайт с uCoz