Husniddin Aliqulov Turkiya klubi bilan kelishuvga erishdi

Husniddin Aliqulov Turkiya klubi bilan kelishuvga erishdi

«Nasaf» klubi himoyachisi Husniddin Aliqulov faoliyatini xorijda davom ettiradi.

Karadenizgazete nashri xabariga ko‘ra, O‘zbekiston milliy jamoasining 24 yoshli himoyachisi Turkiya Superligasiga ko‘chib o‘tishga yaqin. U «Rizaspor» klubi bilan kelishuvga erishgan. O‘zbekistonlik himoyachi yangi klubida legioner emas, mahalliy futbolchi maqomida bo‘ladi. Gap shundaki, Turkiya futbol federatsiyasi qaroriga ko‘ra, Turkiy tilli davlatlar kengashiga a’zo mamlakat o‘yinchilari Turkiyada legioner hisoblanmaydi.

Ma’lumot uchun, Husniddin Aliqulov Superliga joriy mavsumida 12 o‘yinda 5ta golga mualliflik qilgan. Himoyachi «Nasaf»ning so‘nggi o‘yinida maydonga tushmagani futbolchining jarohati bilan izohlangandi. Turkiyaning Rizo shahri sharafini himoya qiluvchi «Rizaspor» klubi o‘tgan mavsum yakunlariga ko‘ra, quyi ligadan Turkiya Superligasiga yo‘llanma olgan.

 
 


Категория: SPORT YANGILIKLARI | Теги: kelishuvga, klubi, bilan, erishdi, Aliqulov, Turkiya, Husniddin
Просмотров: 189 | Рейтинг: 0.0/0

Похожие материалы

ПРОФИЛЬ
Время: 08:11
Добро Пожаловать, Гости
 
Логин:
Пароль:
Copyright © MP3LAR.COM 2016-2024 | Все права защищены | Реклама | Мы не несём ответственности за содержание. | Бесплатные произведения предназначены исключительно для предварительного ознакомительного прослушивания. Использование материалов сайта возможно только с письменного разрешения Администрации. | Сделать бесплатный сайт с uCoz