Xonanda Sogdiana yana sahnaga qaytadi

Xonanda Sogdiana yana sahnaga qaytishi haqida o‘zining shaxsiy saytida xabar bergan.

Men uchun juda muhim bo‘lgan yangilikni sizga yetkazishni sabrsizlik bilan kutyapman. Biz qo‘shiq chiqishini kutib, so‘nggi daqiqagacha buni sir tutishga harakat qildik. Ammo barchasi o‘z vaqtida bo‘lishi kerak. Do‘stlarim, men yana siz bilan birgaman! Hozir o‘zimning hissiyotlarim, quvonchimni ifodalashga qiyinchilik bilan so‘z topyapman, — deb yozgan Sogdiana.

Sogdiana o‘zining xabarida avvalgi jamoasi bilan yana birga ishlayotgani va tez orada "Chaqmoq” ("Molniya”) qo‘shig‘i chiqishini ma’lum qilgan. Shuningdek, ushbu ashulaga klip suratga olishga tayyorgarlik ko‘rayotganini ta’kidlagan; yana gastrollarga chiqishni boshlaganini qo‘shimcha qilgan.



Категория: SHOU-BIZNES habarlari | Теги: Sogdiana, Xonanda
Просмотров: 1826 | Рейтинг: 0.0/0

Похожие материалы

ПРОФИЛЬ
Время: 10:23
Добро Пожаловать, Гости
 
Логин:
Пароль:
Copyright © MP3LAR.COM 2016-2024 | Все права защищены | Реклама | Мы не несём ответственности за содержание. | Бесплатные произведения предназначены исключительно для предварительного ознакомительного прослушивания. Использование материалов сайта возможно только с письменного разрешения Администрации. | Сделать бесплатный сайт с uCoz