Manzura yosh oilalar haqida qayg‘uryapti


Manzura “Yo teskari zamon bo‘ldimi?” deb nimaga sha’ma qilyapti? U boshqa xonandalarga qaraganda yoshlar mavzusiga, xususan erta turmushga chiqish masalasiga jiddiy e’tibor qaratyapti.
Yaqindagina xonanda Tohir Usmonov bilan “Aytolmay” nomli qo‘shig‘ini muxlislar e’tiboriga havola etgan “Nihol” mukofoti sovrindori Manzura o‘z an’anasiga sodiq qolgan holda qish mavsumi uchun navbatdagi sokin taronasini tayyorlayapti. Bu galgi mavzu esa ancha jiddiy. “Qo‘shiqning ishchi nomini “Yo teskari zamon bo‘ldimi?” deb nomladik, rejissyor Sanjar Matkarimov bilan hamkorlikda klip ham suratga oldirdim”, – deydi xonanda.

So‘ngi vaqtlarda ijtimoiy tarmoqlar orqali yoshlar ma’naviyati, bilim olish, ilm o‘rganish masalasiga alohida e’tibor qaratib, suratlariga qoldirayotgan izohlarida Vatanimizni asrab-avaylash, uning koriga yarash hamda bugungi tinch va osoyishta kunlarning qadriga yetish, shukrona keltirishdan so‘z ochayotgan xonandaning navbatdagi qo‘shig‘i ham aynan yuqoridagi masalalarni o‘z ichiga olgan bo‘lsa ajabmas.

“Yodingizda bo‘lsa “Darakchi” gazetasiga bergan intervyumda qizlarni yosh turmushga chiqishi, yigitlar hali ro‘zg‘orga tayyor bo‘lmay uylanishi salbiy oqibatlarga olib kelayotgani, yosh oilalar orasida ajrashishlar soni ortib borayotgani, ko‘p qizlarimiz, hatto kollejni tugatmay turmushga chiqib, farzandli bo‘lgach, uyda o‘tirib qolayotgani, oxir-oqibat savodsiz bo‘layotganiga to‘xtalgan edim. Kuni kecha muhataram Prezdentimiz O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 23 yilligiga bag‘ishlangan bayram tantanalaridagi chiqishlarida ham ayni shu masalalarga e’tibor qaratib, qizlarni yosh turmushga berishni qattiq qoraladilar”, – deydi Manzura kuyunchaklik bilan.

Hali o‘zi kelin bo‘lishga ulgurmagan xonanda suhbat davomida O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Mavluda Asalxo‘jayeva bilan qaynona-kelin mavzusidagi yangi serialda suratga tushayotganini ham ma’lum qildi.

“Yo teskari zamon bo‘ldimi?”mining nomiyoq kishini o‘ziga tortyapti. Va nihoyat Manzura sho‘x va to‘ybop qo‘shiqlardan chekinib, bugungi muammolarni o‘zida aks ettirgan qo‘shiq yaratgan bo‘lsa-ya?
Qamariddin Shayxov


Категория: SHOU-BIZNES habarlari | Теги: yosh oilalar, haqida qayg‘uryapti, Xonanda, Manzura
Просмотров: 2199 | Рейтинг: 0.0/0

Похожие материалы

ПРОФИЛЬ
Время: 23:44
Добро Пожаловать, Гости
 
Логин:
Пароль:
Copyright © MP3LAR.COM 2016-2024 | Все права защищены | Реклама | Мы не несём ответственности за содержание. | Бесплатные произведения предназначены исключительно для предварительного ознакомительного прослушивания. Использование материалов сайта возможно только с письменного разрешения Администрации. | Сделать бесплатный сайт с uCoz