Xonanda Rayhon: 2016-yilda baxtiyor kunlarim ko‘p bo‘lishiga umid qilyapman Mp3lar.Com


Xonanda Rayhon G‘aniyeva yakuniga yetayotgan 2015-yildan yorqin xotiralar qolayotganini ma’lum qildi. Bu haqda u “Sug‘diyona” gazetasiga ma’lum qildi.

“O‘tib borayotgan yilda yorqin xotiralarim qolayapti. Singlimni turmushga uzatdim, o‘g‘illarim bir yosh bo‘ldi. Yaqinlarimning baxtini ko‘rib, Yaratganga behisob shukronalar aytaman”, — dedi Rayhon.

“Ko‘zlarimni namlantirgan yoshlarda sevinch uchqunlari bor. Qani endi shu kunlarni volidam ham ko‘rganida… Kelayotgan 2016-yilda baxtiyor kunlarim ko‘p bo‘lishiga umid qilyapman”, — dedi xonanda.

“Umid… Uni hammaga, sog‘lik istagan, baxtini kutgan, ishida, oilasidagi muammosidan tashvishda bo‘lganlarga tilab qolaman. Umid bilan yashang, orzu qiling. Albatta, ularning amalga oshishiga ishoning!”, — dedi Rayhon.

Eslatib o‘tamiz, Rayhon 2012-yil noyabrida aktyor Yigitali Mamajonovga turmushga chiqqan edi, 2014-yilning may oyida esa Rayhon egizak farzandli bo'ldim. 2015-yil yanvarida Rayhon Yigitali bilan ajrashayotganini tasdiqladi.



Категория: SHOU-BIZNES habarlari | Теги: Xonanda, Rayhon
Просмотров: 2222 | Рейтинг: 0.0/0

Похожие материалы

ПРОФИЛЬ
Время: 07:12
Добро Пожаловать, Гости
 
Логин:
Пароль:
Copyright © MP3LAR.COM 2016-2024 | Все права защищены | Реклама | Мы не несём ответственности за содержание. | Бесплатные произведения предназначены исключительно для предварительного ознакомительного прослушивания. Использование материалов сайта возможно только с письменного разрешения Администрации. | Сделать бесплатный сайт с uCoz