Yaponiya qor orqali elektr energiyasi olmoqchi

Quyosh va shamol ko‘pincha qayta tiklanadigan energiya uchun qo‘llaniladigan ikkita tabiiy hodisadir, ammo Yaponiya shimolidagi bir shahar e’tibordan chetda qolgan qor manbasidan foydalanishi mumkin, deb hisoblaydi.

Aomori shahrida test sinovi keyingi oy boshlanadi va mart oyigacha davom etadi.
Test mahalliy axborot texnologiyalari startapi Forte va Tokio elektro-aloqa universiteti bilan hamkorlikda o‘tkaziladi.

Elektroaloqa universiteti dotsenti Koji Enoki ushbu tizimni ishlab chiqdi.

Sinov tozalangan qorni maktab-internatda joylashgan hovuzga tashlash jarayonidan boshlanadi.

Elektr energiyasi qor va tashqi havo o‘rtasidagi harorat farqi hisobiga ishlab chiqariladi.

Issiqlik uzatish quvurlari sovuq havo manbai bo‘lgan qorga joylashtiriladi. Ayni paytda, tashqi havo quyosh tomonidan isitiladi. Bu harorat turbina ichidagi sovutgichda konveksiya oqimini yaratish uchun ishlatiladi. Konveksiya oqimi elektr energiyasini ishlab chiqarish uchun turbinani aylantiradi. Trubina orqali esa elektr energiyasi hosil bo‘ladi.

Taxminlarga ko‘ra, bu jarayon quyosh energiyasi kabi samarali elektr energiyasini ishlab chiqarishi mumkin. Qor energiyasi kam xarajat evaziga ishlab chiqarilishi kutilmoqda. Xuddi shunday, yapon dengiz tashuvchisi Mitsui O.S.K. Lines (MOL) yer usti suvlari va okean chuqurliklari orasidagi harorat farqlaridan foydalangan holda elektr energiyasi ishlab chiqaruvchi tizimni tijoratlashtirishni rejalashtirmoqda.
Aomori har yili yo‘llardagi qorlarni tozalash uchun o‘nlab million dollar sarflaydi.

Qor odatda okeanga tashlanadi. Sinov jarayonida korxonalar va uy xo'jaliklari uchun alohida qor energiya tizimlari ishlab chiqiladi.

Qor quvvati qayta tiklanadigan energiyaning boshqa shakllariga qaraganda atrof-muhitga kamroq ta'sir qiladi deb taxmin qilinadi.



Категория: DUYNO XABARLARI | Теги: energiyasi, yaponiya, elektr, Qor, orqali, olmoqchi
Просмотров: 157 | Рейтинг: 0.0/0

Похожие материалы

ПРОФИЛЬ
Время: 04:00
Добро Пожаловать, Гости
 
Логин:
Пароль:
Copyright © MP3LAR.COM 2016-2024 | Все права защищены | Реклама | Мы не несём ответственности за содержание. | Бесплатные произведения предназначены исключительно для предварительного ознакомительного прослушивания. Использование материалов сайта возможно только с письменного разрешения Администрации. | Сделать бесплатный сайт с uCoz