Bojalar guruhi - Balki (Qo`shiq matni)

Ko‘rmaganni ko‘rgani qursin, buni bilaman,
Ilk bora ko‘rganimdan, jonim, seni sevaman,
Jonginam, o, mani jonginam.
Ko‘zlaring quvnaganda yonaman, kulaman,
Ko‘zlaring namlansa gar, kuyaman, so‘naman,
Yig‘lama, o, jonim, yig‘lama.
Balki, jonim, meni sevasan,
Balki, jonim, meni sevmaysan,
Balki ustimdan kulasan,
Sevasan, kulasan, jonim.
Dushmanlarim bormi, yo‘qmi do‘stlarda, bilmayman,
Lek yuragimdan seni sevganimni bilaman,
Jonginam, o, mani jonginam.
Boriga baraka, chumchuq qarg‘aga mos emas,
Arslon ohuga ko‘ngil sira ham berolmas,
Axir biz insonlar, o, mani jonginam.
Balki, jonim, meni sevasan,
Balki, jonim, meni sevmaysan,
Balki ustimdan kulasan,
Sevasan, kulasan, jonim.
Yetti o‘lchab, bir kesib, yoningga men kelaman,
Gaplarim gapirolmay, ortga qaytib ketaman,
O, jonginam, voy, mani yorginam.
Balki, jonim, meni sevasan,
Balki, jonim, meni sevmaysan,
Balki ustimdan kulasan,
Sevasan, kulasan, jonim.


Категория: Bojalar guruhi | Добавил: ADMIN2 | Теги: Balki, Qoshiq matni, Bojalar guruhi
Загрузок: 0 | Рейтинг: 0.0/0

Похожие материалы

ПРОФИЛЬ
Время: 13:36
Добро Пожаловать, Гости
 
Логин:
Пароль:
Copyright © MP3LAR.COM 2016-2024 | Все права защищены | Реклама | Мы не несём ответственности за содержание. | Бесплатные произведения предназначены исключительно для предварительного ознакомительного прослушивания. Использование материалов сайта возможно только с письменного разрешения Администрации. | Сделать бесплатный сайт с uCoz