Ruscha statuslar...
Категория: Statuslar / Статусы | Просмотров: 4981 | Добавил: ADMIN2 | Дата: 18.11.2015 | Комментарии (0)


Grafik haqida statuslar...
Категория: Statuslar / Статусы | Просмотров: 3956 | Добавил: ADMIN2 | Дата: 18.11.2015 | Комментарии (0)


Student talabalar haqida statuslar...
Категория: Statuslar / Статусы | Просмотров: 5201 | Добавил: ADMIN2 | Дата: 18.11.2015 | Комментарии (0)


Ayriliq haqida statuslar...
Категория: Statuslar / Статусы | Просмотров: 9067 | Добавил: ADMIN2 | Дата: 18.11.2015 | Комментарии (36)


Maktab haqida statuslar...
Категория: Statuslar / Статусы | Просмотров: 4042 | Добавил: ADMIN2 | Дата: 18.11.2015 | Комментарии (5)


Do'stlik haqida statuslar...
Категория: Statuslar / Статусы | Просмотров: 6334 | Добавил: ADMIN2 | Дата: 18.11.2015 | Комментарии (7)


Тухум окини яхшилаб купиртириб, озрокдан шакар кушиб аралаштирамиз. Сунг олма пустини арчиб, уругларини авайлаб олиб ташлаймиз, ширин сувда шаклини йукотмагунга кадар пишириб оламиз. Олма катталигига караб бисквитларни кесиб чикамиз ва олмаларни уинг устига куйиб, аралаштирилган тухум окини атрофидан маълум шаклда куйиб чикамиз.

Юкори хароратда саргиш тусга киргунга кадар пишириб оламиз. Столга куйишдан аввал шакар упасидан сепсангиз хам булади.
Категория: Pazandalik Sirlari | Просмотров: 4619 | Добавил: ADMIN | Дата: 17.11.2015 | Комментарии (0)


200 г сариёг, 200 г сметана, 1/2 чой кошик истеъмол содаси, ун (юмшок хамир учун)
Начинкасига творог билан шакар аралашмаси, ёки мураббо, ёки хохлаган кремдан фойдаланиш мумкин.


Масалликларни барчасини аралаштириб, 1 соатга музлатгичга куямиз.

Тайёр хамирни уртача калинликда ёйямиз, начинкани суртиб рулет ураймиз ва духовкада пишириб оламиз.
Категория: Pazandalik Sirlari | Просмотров: 8525 | Добавил: ADMIN | Дата: 17.11.2015 | Комментарии (0)


Куритилган ёнгок магзини янчинг. Унни элаб устига шакар, ёнгок, туз, сариёг булагини солиб хамммасини пичок билан киймаланг. Сунг тухум кушиб корилган хамирни совук жойда тиндиринг. Сунгра уни 0,5 см калинликда ёйиб, шаклдор килиб кесинг ва устига тухум суртиб уртача оловда пиширинг.
Категория: Pazandalik Sirlari | Просмотров: 6735 | Добавил: ADMIN | Дата: 17.11.2015 | Комментарии (0)


Керакли махсулотлар 350 г кизил сабзи, 70 г ёнгок, 20 г асал, лимон шарбати, туз.
Ёнгок урнига ер ёнгок ёки бодом хам ишлатиш мумкин.
Безак    учун компот гилослари.


Арчиб ювилган сабзини майда тёркададан утказамиз. Туз сепиб лимон шарбатини кушамиз. Сунгра майдалаб янчилган ёнгок ва асални кушиб аралаштирамиз.

Салатни идишга солиб устидан гилослар билан безаб чикамиз.
Категория: Pazandalik Sirlari | Просмотров: 3348 | Добавил: ADMIN | Дата: 17.11.2015 | Комментарии (0)


Олмани ювиб, уруглик узагини кесиб, олиб ташлаймиз. Шу чукурчага киём солиб, духовкада пиширамиз. Истаганлар уни оз микдор сувда кайнатиб пишириши хам мумкин.
Бир кишилик мулжал учун 2 дона олма, 10 г киём керак булади. Киём олма уртача оловда 15-20 дакика пиширилади.
Категория: Pazandalik Sirlari | Просмотров: 2897 | Добавил: ADMIN | Дата: 17.11.2015 | Комментарии (0)


1 тухум, 70 г усимлик ёги, 70 г шакар, 1 ст ун, 1 чой кошик хамиртуруш ёки истеъмол содаси, бир чимдим туз, 1 пиёла пиширирилган сабзи, 4 ош кошик майиз.

Барча масалликларни аралаштириб хамир корамиз. Уртача калинликда хамини ёйиб ундан айланачалар кесиб духовкага куямиз. Кизаргунча пишириб оламиз.
Категория: Pazandalik Sirlari | Просмотров: 3631 | Добавил: ADMIN | Дата: 17.11.2015 | Комментарии (0)


100 г ун, 25 г сариёг, бир чимдим туз, 2 ош кошик сут.

1) Начинка: 2 та помидор, 50 г пишлок
2) Начинка: кузикорин.


Идишга ун, туз хамда майдалаб тугралган сариёгни солиб аралаштирамиз. Сунгра оз-оздан сутни кушиб хамир корамиз. Тайёр хамирни ёгланган колипга соламиз. Устидан начинкасини (помидорларни майдалаб кесиб устидан пишлокни теркадан утказамиз) солиб 15 дакика ичида олдиндан иситилган духовкада пишириб оламиз.
Категория: Pazandalik Sirlari | Просмотров: 10491 | Добавил: ADMIN | Дата: 17.11.2015 | Комментарии (0)


Хамирга: 1 ст шакар, бир чимдим истеъмол содаси, 1 ош кошик сариёг, 1 ст сметана, 1 ст ун.
Кремига: 1 ст сметана, 2/3 ст. шакар, ёнгок.
Глазурига: 50 г сариёг, 1 ст шакар, 3 чой кошик какао, 3 ош кошик сут.


Шакар билан сариёгни яхшилаб аралаштирамиз, сунгра сметана, сода, унни кушиб хамир корамиз. Тайёр хамирни 2 кисмга буламиз. Бир кисмига какао кушамиз (ёки кофе). Хамирларни яъни ок хамирни ва кора хамирни хар бирини уч кисмга булиб, уртача калинликда ёйиб духовкада пишириб оламиз.

Тайёр корилган хамирга кремни суртиб устидан майдалаб янчилган ёнгокни сепамизда ок хамирни куямиз. Сунгра яна крем суртиб енгокни сепиб устидан кора хамирни куямиз ва олдингидай давом эттирамиз. Охирги хамирни устидан иссик глазурни куямиз.
Категория: Pazandalik Sirlari | Просмотров: 6519 | Добавил: ADMIN | Дата: 17.11.2015 | Комментарии (0)


Ushbu tortni pishirish uchun zarur bo‘lgan mahsulotlar: 3 ta tuxum, 200 gr shakar, 2 osh qoshiq asal, 3 stakan un, 100 gr. saryog‘, 1 choy qoshiq un, 200 gr saryog‘.
Emal idishda tuxumni yaxshilab ko‘pirtirganingizdan so‘ng idishni suv bug‘iga qo‘yasiz, shakar, asal hamda saryog‘ qo‘shasiz. So‘ng iste’mol sodasi hamda unni qo‘shib yana aralashtirasiz. Xamirni bug‘dan olib qo‘yib, bir oz tindirasiz.

Nachinkani qoshiq bilan duxovka patnisiga solib, o‘zingiz istagan shaklda yoyasiz va gazda usti oltin rangga kirgunga qadar pishirasiz. Xuddi shunday hajmdagi xamirlardan yana to‘rtta pishirib olasiz. Va ushbu tayyor qavatlar sovigandan so‘ng ustma-ust, orasiga nachinkada surib qo‘yasiz. Ustiga pishiriq chetidan qolgan ushoqlar, tortni har xil mevalar bilan bezash ham mumkin yoki bo‘lmasa glazur suriladi. Glazurni tayyorlash uchun 50 gr. saryog‘ga 3 osh qoshiq shakar hamda 3 osh qoshiq kakao, vanilin kukuni quyasiz. Saryog‘ erib va bir oz qaynagach, gazdan olasiz.

Tortni tayyor bezelar yoki o‘z didingizga moslab bezashingiz mumkin.
Категория: Pazandalik Sirlari | Просмотров: 8310 | Добавил: ADMIN | Дата: 17.11.2015 | Комментарии (0)


O’rtacha qilib xamir qorasiz, zuvala qilib sochiqqa o’rab 10-12 minut tindirib qo’yasiz.Shundan so’ng xamirga tuz va soda eritmasi surtasiz(buning uchun 1 choy qoshiqda tuz va 0,5 choy qoshiqda olingan sodani 0,5 stakan suvga eritiladi) shunday eritmada qo’lni namlab xamirni mushtlaysiz, toki bu namlik xamir bag’riga singib ketsin.So’ngra xamirdan yong’oqday-yong’oqday zuvalachlar yasab, har bir zuvalachani taxta ustiga qo’yib kaft bilan dumalatib armoq kattaligidagi piltalar yasaymiz.Piltalarni likopchga terib bir-biriga yopishib ketmasligi uchun ustiga o’simlik yog’i surtasiz.Xamirga singitilgan tuz soda eritmasi va ustiga surtilgan usimlik moyi xamirning cho’ziluvchanligini taminlaydi. Ana endi har bir piltani ikki uchidan ushlab taxtachaga urub-urub tortsangiz uzun va ingichka arg’amchi hosil bo’ladi,cho’zmani ikki buklab yana taxtachaga urub cho’zsangiz, 4 qavatdan iborat ingichka vermishelsimon holatga keladi.Hamma xamirni ana shu taxlit cho’zib bo’lgach, qaynab turgan tuzli suvga solib pishirasiz. Yuziga qalqib chiqqanda chovli bilan suzib olib 2-3 marta sovuq suv bilan chayqab yuborsangiz, yuzigab surkalgan yog’i ketib xamir bir-biriga yopishmaydi.
Va (qaylasi): qozonda yog’ini dog’lab piyoz solib jazlaysiz, uncha qizarib ketmay turib mayda,
‘chumchuq tili’ qilib to’g’ralgan go’shtni solasiz, kavlab qoyurib tursangiz seli chiqadi, ana shunda halqa qilib to’g’ralgan chuchuk garimdori, kubik (1×1×1 sm) shaklida to’g’talgan sabzi, somoncha to’g’ralgan turp (rediska), shpalcha 
to’g’ralgan baqlajon, qirqilgan karam, jandu,jusay, seldir va sarimsoq ko’kidan solib qozondagi masaliqning yuzidan biroz oshirib suv quyib 1 soat davomida mildiratib qaynatasiz, so’ng tuzini rostlaysiz. Agar sarimsoq ko’ki bo’masa sarimsoq donalarini mayda to’g’rab piyoz bilan birga yog’da jazlasangiz ham qaylasiga solib qaynatsangiz ham bo’ladi.Sirasini aytganda,cho’zma lag’mon sarimsoq bilan juda kelishadi.
Dasturxonga tortishda kosalarga xamirdan yarim-yarim solib, ustiga qaynoq qayla quyib keltirasiz.
Masalliq: xamiri uchun 500 gr un , 1 dona tuxum, 0,5 stakan iliq suv, 1 choy qoshig’ida tuz olinadi;qaylasi uchun 500 gr go’sht, 300 gr yog’, 3-4 bosh piyoz, o’rtacha kattalikdagi 1 dona turp, 2 dona sabzi, 1 dona baqalajon, 300 gr karam, 3-4 dona chuchuk garimdori, yarim bog’lamdan jusay ,jandu, seldir va sarimsoq ko’ki, tuz esa ta’bga ko’ra solinadi.Lag’mon bilan qo’shib beriladigan sirka, lozijon va murch xo’randaning talabiga binoan ishlatiladi. 
Категория: Pazandalik Sirlari | Просмотров: 7841 | Добавил: ADMIN | Дата: 17.11.2015 | Комментарии (0)


Qo'y yog'ini kubik shklida to'g'rab eritasiz, jizzasini suzib olib yog'ini dog'laysiz-da, unga go'shtdan tozalangan bir bo'lak suyak tashlab yuborasiz. Suyak qizg'ish tusga kirguncha qovurasiz, bu - oshga qizil tus beradi. Suyakni olib tashlagandan keyin yoqqa parrak-parrak qilib to'g'ralgan piyoz solasiz va yahshilab qovurasiz. So'ngra lo'nda-lo'nda qilib to'gralgan go'shtni solib piyoz bilan birga qovurasiz. Piyoz qizg'ish tusga kirgach qozonga somon shakida qilib to'g'ralgan sabzi solamizda, bir oz tuz sepib aralashtirib qovurasiz. Sabzi tilla-sariq jigarrang tusga kirganda oshga solinadigan suvning yarmin quyib qaynatasiz. Zirvakka har hil ziravorlar va qizil qalampir solsangiz ham bo'ladi. Zirvakni uncha baland bo'lamagan olovda 20-25 daqiqa mildiratib qaynatasiz. Ayni paytda guruchni terib tozalab, sovuq yoki iliq suv builan 3-4 marta yuvib tayyorlaysiz. Guruchni ikki kaft orasida olib astalik bilan 1 necha marta ishqab yuvish kerak. Guruch qattiq ishqab yuvilsa maydalanib ketishi va palov lanj bo'lib qolishi mumkin. Guruchni qozonga bir tekis qilib solinganidan keyin o'choqdan cho'g'ni tortib olib alangani kuchaytirasiz va darhol guruchga suv quyasiz. Suv guruch betidan 1-1,5 sm ko'trailib tursin. Qozondagi ovqatning bir tekis qaynashi juda muhimdir. Aks holda palov "tirik" bo'lib qoladi. Gurunch hali suvni tortmay turib oshning tuzini rostlaysiz suvi tortilganidan keyin uni kapkir bilan o'rtaga qo'yib bir necha eriga dam cho'p suqib, yuzidagi suvni ostiga tushirasiz va yaxshi bug'lanishiga imkon berasiz. So'ngra oshni damlaysiz. Dam edirish vaqti gurunchning miqdoriga va sortiga bog'liq. Ushbu retsept bo'yicha 20-25 minut damlash kifoya qiladi (damgirni) olganda unga yopishgan suv tomchilari oshga tomib ketmasligiga rioya qiling. Oshni yaxshilab aralashtirasiz, agar guruch yaxshi dam eb bir biriga mushtlashib qolgan bo'lsa kapkirni orqasi bilan urib ajratib yuborasiz-da, katta chinni yoki sopol laganga solib suzasiz. Ustiga suyakli go'shtlarni chiroyli qilib solasiz. Bu palovga alohida ididshda "pomidor va piyozdan qilingan salat" yoki salatning hohlagan boshqa turidan birini tortasiz. 
Bunday palov uchun: 1-kg guruch, 500 gr go'sht, 250 gr yog', 500 gr sabzi, 4-5 bosh piyoz, bir choy qohig'ida zira, zirk, qizil qalampir kerak bo'ladi. Tuz esa damiga qarab solinadi
Pulingdan bir puling qolsa xam osh ye
Kuningdan bir kuning qolsa ham osh ye.
degan ekan kimdir .
Категория: Pazandalik Sirlari | Просмотров: 6799 | Добавил: ADMIN | Дата: 17.11.2015 | Комментарии (0)


Tushda farishtani ko'rish - tinchlik va xotirjamlik alomatidir. Vaqti kelib butun insoniyat baxtli yashaydi. Agar tushingizda o'zingizni farishta qiyofasida ko'rsangiz, bilingki, bunday tush sizning yaqinlaringizdan biri yordamingizga juda muxtoj va siz unga yordam bera olasiz. Tushingizda farishta sizni osmonga chorlayotgan bo'lsa, bunday tush siz yoki yaqinlaringizdan biriga og'ir kasallik xavf solayotganligidan ogoh etadi. Agar tushda farishtalar yashayotgan shahar ko'rinsa, bunday tush sizning hayotingiz kelgusida qandaydir sabablar bilan Tayvan deb ataluvchi ("Tayvan" - "farishtalar shaxri" degan ma'noni bildiradi) chiroyli davlat bilan bog'lanishidan dalolat beradi.
Категория: Tushlar ta'biri | Просмотров: 4041 | Добавил: ADMIN | Дата: 17.11.2015 | Комментарии (0)


Ma'lumki, armiya qudrat, muqarrarlik timsoli. Tushda o'zini armiyada xizmat qilayotganini ko'rish - ungda ishingizda jiddiy qiyinchiliklarni o'tkazish, ehtimol sizni juda qattiqqo'l va talabchan kishining ta'siriga tushib qolishishiz mumkinligini bildiradi. Ulkan qurolli armiyami tushda ko'rish bosqinchilikni, asoratga solishi ayon etadi. Agar tushingizda siz armiyaga xizmat qilishga chaqirilayotpsh bo'lsangiz - bu sizning uzoqda chuziladigan nizo qatnashchisi bo'lib qolishingizdan dalolatdir. Dushmanlar armiyasi bilan jang qilish - mas'ul qarorga kalit alomatidir. Tushda mag'lub bo'lgan dushman armiyasini ko'rish – ungda o'zingiz ko'zlagan natijaga erishish uchun har ishga tayyor ekanligingizni bildiradi. Agar sizning butun boshli armiyaga qumondonlik qilayotganligingiz tushga kirsa - bu, demak, atrofingizdagilarga o'zingizdagi imkoniyatlarning hammasini ishlatmayotganligingizni ko'rsatib qo'yish istagi sizni qamrab olganligidan dalolatdir. Tushingizda sizga armiya generali qo'mondonlik qilsa, ungda e'tiborli bir kishining sizga homiylik qilishiga ishonavering. 
Категория: Tushlar ta'biri | Просмотров: 4211 | Добавил: ADMIN | Дата: 17.11.2015 | Комментарии (0)


Bilingki, minora qudrat, hokimiyat timsolidir. Juda yo'qsaklikka chuzilgan, uchi chuqqili minorani tushda ko'rish -tush ko'ruvchining hokimiyat egasi bo'lishidan, biroq undan extiyotsizlik bilan foydalanishidan darak beradi, shuningdek, o'zining kuchiga ortiqcha baxr berib, raqibining kuchiga yetarli baxr bermasligini, ta'sirining kamayib, ko'pchilikning qo'llab-quvvatlashidan maxrum bo'lishini bildiradi. Yaqinlashishning iloji yo'q minorani tushda ko'rish - juda muxim shaxs, siyosiy arbob yoki moliya magnata bilan uchrashuvdan dalolat beradi. Asosi mustahkam minora tushga kirsa, bu qudrat va katta e'tibor belgisidir. Emirilib borayotgan minorani tushda ko'rish siyosiy va boshqa yunalishlarda katta o'zgarishlar alomatidir. Qurolli kishilar tomonidan ishgol qilingan minorani tushda ko'rish katta e'tiborga ega turli lagerlar o'rtasidagi to'qnashuvlar, ma'lum asoratlar qoldiradigan raqiblar o'rtasida ko'rash alomatidir. Shinakli minora tushga kirsa bu qo'rqitishga, so'zsiz buysunishga asoslangan hokimiyat timsoli, tajovuzkorlik belgisidir.
Категория: Tushlar ta'biri | Просмотров: 2523 | Добавил: ADMIN | Дата: 17.11.2015 | Комментарии (0)

« 1 2 3 4 5 6 7 »
Copyright © MP3LAR.COM 2016-2024 | Все права защищены | Реклама | Мы не несём ответственности за содержание. | Бесплатные произведения предназначены исключительно для предварительного ознакомительного прослушивания. Использование материалов сайта возможно только с письменного разрешения Администрации. | Сделать бесплатный сайт с uCoz