11:59
Nima uchun Java telefonlarga fonarik yoki programma qulflagichar mumkin emas? Smartonlar nega sertifikat talab qiladi?
Ko'pchiligimiz Nokia S40, Sony Ericsson, Samsung va shunga o'xshash Java qo'llaydigan telefonlar ishlatamiz. Nima uchun bu rusumdagi telefonlar Android va Symbian smartfonlari kabi menyuni boshqarish imkoni bo'lmaydi.
Masalan: Programma kodlagich, ekran blokirovkasi, fonarik, video va mp3 montaj qilish imkoniyatlari. Bu imkoniyatlar uchun Java platformasi umuman to'g'ri kelmaydi. Sababi Java qo'llovchi telefonlarda ichki xotira va operativ xotira qisqa bo'ladi. Android va Symbian Smartfonlari programmani o'zining bir qismiga aylantirish va butun tanasini boshqarishgacha imkon beradi. Java esa har qanday java qo'llovchi telefonda oddiygina bir qism holos.
Nima uchun ekran blokirovkasi yoki menyudagi programmalarni qulflash imkoni mavjud emas?
Har qanday java telefonidan bitta qizil klavish yoki HOME klavishi mavjud. Shu tugmachalar bosilishi bilan Java programma yoki o'yindan chiqib ketish uchun ruhsat so'raydi. Biror programmaga kirib undan chiqib ketmasdan menyuga qaytish imkoni yo'q. Ba'zi telefonlarda bor, lekin baribir java telefonning bir qismiligicha qolib ketaveradi.
Nima uchun Android va Symbian smartfonlari programma yoki o'yinlariga sertifikat so'raydi? Buning javobi oddiy. Smartfonlar programma yoki o'yinni butun vujudiga qabul qiladi va Smartfonni yanada imkoniyatlarini oshirish mumkin. Bu yaxshi, lekin yomon tomoni shundayki, agarda birorta programma yomon maqsadda yaratilgan bo'lsa, smartfoningizga va o'zingizga katta zarar yetkazadi.
Masalan: Internet ishlab pulingizni o'z mayliga ishlanib ketishi, smartfoningiz qotishi va o'chib, umuman yonmay qolishi ham mumkin. Java bilan smartfonning farqi shunda. Java telefonning bir qismi xolos. Smartfonlar uchun yaratilgan o'yin va programma smartfonning hamma qismida ishlashi mumkin. Shuning uchun ham smartfonlar sertifikat talab qiladi. Sababi sertifikat programma yoki o'yinni biror kompaniya yoki yaratuvchisi programma uchun kafolat berganini tasdiqlaydi. 
Категория: Telefondagi Muammolar | Просмотров: 4851 | Добавил: ADMIN2 | Теги: Java | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 1
1 Faina   [Материал]
telefonim Nokia C6-00. Facebook skachat qisam sertifikat tori kemiyapti dgan yozuv chiqib oshibka db otvoradi. 3 oydan beri shu ahvol kim yordam berolidi nima qilish kere

Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Copyright © MP3LAR.COM 2016-2024 | Все права защищены | Реклама | Мы не несём ответственности за содержание. | Бесплатные произведения предназначены исключительно для предварительного ознакомительного прослушивания. Использование материалов сайта возможно только с письменного разрешения Администрации. | Сделать бесплатный сайт с uCoz