16-mart kuni O‘zbekistonning deyarli barcha hududlarida yog‘ingarchilik kuzatiladi


O‘zbekistonda 16-mart, chorshanba kuni havo o‘zgarib turadi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatidan boshqa barcha hududlarda yog‘ingarchilik kutiladi. Bu haqda “O‘zgidromet” markazi xabar berdi.
16-martga o‘tar kechasi O‘zbekistonning tog‘li hududlarida havo harorati -3 darajagacha soviydi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida 0…+5 daraja iliq bo‘ladi.
Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlari va Toshkent shahrida chorshanba kuniga o‘tar kechasi havo harorati +7 darajagacha, Farg‘ona vodiysi viloyatlarida +8 darajagacha, Buxoro, Navoiy, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida esa +13 darajagacha iliq bo‘ladi.
16-mart kuni kunduzi tog‘li hududlarda havo harorati +8 darajagacha, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida +10 darajagacha, Toshkent shahrida +12 darajagacha ko‘tariladi.
Shu kuni kunduzi Buxoro, Navoiy, Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida +10…+15 daraja, Qashqadaryo, Surxondaryo, Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida esa 13…+18 daraja iliq bo‘lishi kutilmoqda.


Категория: MAXALLIY YANGILIKLAR | Теги: O‘zbekiston, 16-mart, yog‘ingarchilik kuzatiladi
Просмотров: 1273 | Рейтинг: 0.0/0

Похожие материалы

ПРОФИЛЬ
Время: 15:26
Добро Пожаловать, Гости
 
Логин:
Пароль:
Copyright © MP3LAR.COM 2016-2024 | Все права защищены | Реклама | Мы не несём ответственности за содержание. | Бесплатные произведения предназначены исключительно для предварительного ознакомительного прослушивания. Использование материалов сайта возможно только с письменного разрешения Администрации. | Сделать бесплатный сайт с uCoz