O‘zbekiston milliy terma jamoasi o‘rtoqlik uchrashuvida Livanni mag‘lub etdi


14-fevral kuni O‘zbekiston milliy terma jamoasi Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahrida Livan terma jamoasiga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazdi. Bu haqda O‘zbekiston futbol federatsiyasi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Ushbu o‘yin Samvel Babayan boshchiligidagi terma jamoaning 2:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi. Uchrashuvda gollarni Eldor Shomurodov hamda Server Jeparov kiritdi.

O‘zbekiston milliy terma jamoasining navbatdagi rasmiy o‘yinlari Jahon chempionati—2018 ikkinchi saralash bosqichi doirasida mart oyida bo‘lib o‘tadi. Babayan shogirdlari 24-mart kuni Filippin, 29-mart kuni esa Bahraynni Toshkentda qabul qiladi.

O‘rtoqlik uchrashuvi

O‘zbekiston – Livan 2:0

Gollar: E. Shomurodov, S. Jeparov

O‘zbekiston: Ignatiy Nesterov, Akrom Komilov (Jasur Hasanov), Kamoliddin Tojiyev, Otabek Shukurov, Davron Xoshimov, Javohir Sohibov (Azim Ahmedov), Jamshid Boltaboyev (Sanjar Shoahmedov), Stanislav Andreyev, Server Jeparov (Marat Bikmayev), Eldor Shomurodov, Igor Sergeyev (Shuhrat Muhamadiyev).

Eslatib o‘tamiz, futzal bo‘yicha O‘zbekiston termasi ham 14-fevral kuni Livan ustidan 2:0 hisobida g'alaba qozondi.



Категория: SHOU-BIZNES habarlari | Теги: futbol, O‘zbekiston
Просмотров: 1199 | Рейтинг: 0.0/0

Похожие материалы

ПРОФИЛЬ
Время: 15:55
Добро Пожаловать, Гости
 
Логин:
Пароль:
Copyright © MP3LAR.COM 2016-2024 | Все права защищены | Реклама | Мы не несём ответственности за содержание. | Бесплатные произведения предназначены исключительно для предварительного ознакомительного прослушивания. Использование материалов сайта возможно только с письменного разрешения Администрации. | Сделать бесплатный сайт с uCoz