O‘zbekiston va Rossiya tovar aylanmasini oshirishni muhokama qildi


Joriy yilning 24—25 mart kunlari O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari, Moliya vaziri Rustam Azimov boshchiligidagi delegatsiya Rossiya Federatsiyasiga ikki mamlakat o‘rtasidagi iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha o‘n yettinchi Hukumatlararo komissiya yig‘ilishida ishtirok etish uchun Moskva shahriga tashrif buyurdi. Bu haqda O‘zbekiston Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Yig‘ilishda Rossiya delegatsiyasiga Hukumat raisi o‘rinbosari D.Kozak boshchilik qildi.
Yig‘ilish kun tartibiga binoan, O‘zbekiston Respublikasiga 2014-yil dekabr oyida amalga oshirilgan oliy darajadagi tashrif davomida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish, savdo-iqtisodiy hamkorlikning joriy holati va istiqbollari, ikki tomonlama tovar aylanmasi hajmini yanada oshirish bo‘yicha takliflar, transport va tranzit sohalarida o‘zaro hamkorlik, Markaziy Osiyo mintaqalarida suv-energetika sohalarida kelishilgan siyosat yuritish va boshqa masalalar muhokama qilindi.
Komissiya yig‘ilishi natijalariga ko‘ra erishilgan kelishuvlar qayd etilgan Protokol imzolandi.
Tomonlar navbatdagi o‘n sakkizinchi Komissiya yig‘ilishini 2017-yil O‘zbekiston Respublikasida o‘tkazishga kelishib oldi.


Категория: DUYNO XABARLARI | Теги: O‘zbekiston va Rossiya, O‘zbekiston, Rossiya
Просмотров: 1192 | Рейтинг: 0.0/0

Похожие материалы

ПРОФИЛЬ
Время: 13:53
Добро Пожаловать, Гости
 
Логин:
Пароль:
Copyright © MP3LAR.COM 2016-2024 | Все права защищены | Реклама | Мы не несём ответственности за содержание. | Бесплатные произведения предназначены исключительно для предварительного ознакомительного прослушивания. Использование материалов сайта возможно только с письменного разрешения Администрации. | Сделать бесплатный сайт с uCoz