Bayden Putin bilan uchrashuvda unga nimalar deyishini ma’lum qildi


 
AQSh prezidenti Jo Bayden Rossiya prezident Vladimir Putin bilan uchrashuvda Vashington unga inson huquqlarini buzishga yo‘l qo‘ymasligini bildirib qo‘yadi. Bu haqda Baydenning o‘zi ma’lum qildi, deb yozadi “RBK”.“Bir necha haftadan keyin men prezident Putin bilan Jenevada uchrashaman. Putinga biz jim qarab turmasligimizni hamda inson huquqlari buzilishiga yo‘l qo‘ymasligimizni ochiq bildiraman,” — dedi Bayden.

Putin va Bayden 16-iyun kuni Jenevada uchrashadi. Kremlning ta’kidlashicha, tomonlar ikki tomonlama munosabatlarning holati va istiqbollari, strategik barqarorlik va xalqaro kun tartibidagi dolzarb masalalarni, shu jumladan, “koronavirus pandemiyasiga qarshi kurashish va mintaqaviy mojarolarni hal qilishda o‘zaro hamkorlikni” muhokama qiladi.

Oq uy matbuot kotibi Jen Psakining ta’kidlashicha, Vashington Moskva bilan “oldindan aytib bo‘ladigan va barqaror” munosabatlarni tiklashga intilmoqda. Uning so‘zlariga ko‘ra, mamlakatlarning o‘zaro ziddiyatli sohalarda yuzma-yuz kelishi tufayli Amerika—Rossiya sammiti chog‘ida “suhbat og‘ir bo‘lishi” kutilmoqda. Muzokaralar mavzularidan biri Ukraina va Belarusdagi vaziyat bo‘ladi.

Ukraina tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari Yevgeniy Yenin 28-may kuni ma’lum qilishicha, Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Baydenning Putin bilan muzokaralari boshlanishidan oldin Amerika prezidenti bilan gaplashmoqchi.

Ta’kidlanishicha, Ukraina Tashqi ishlar vazirligi ayni paytda Bayden va Zelenskiy o‘rtasidagi suhbat uchun “kun tartibini diqqat bilan tayyorlamoqda”.

Eslatib o‘tamiz, 13-aprel kuni AQSh prezidenti Jo Bayden rossiyalik hamkasbi bilan uchinchi davlat hududida uchrashish istagi borligini aytgan edi. Kreml sammitning Yevroittifoq davlatlaridan birida bo‘lib o‘tishi mumkinligini ma’lum qildi. 4-may kuni Bayden uchrashuvning iyun oyida bo‘lib o‘tishini “umid bilan kutayotgani”ni aytdi.


Категория: DUYNO XABARLARI | Теги: bilan uchrashuvda unga nimalar deyi, Bayden, Putin
Просмотров: 1813 | Рейтинг: 0.0/0

Похожие материалы

ПРОФИЛЬ
Время: 07:53
Добро Пожаловать, Гости
 
Логин:
Пароль:
Copyright © MP3LAR.COM 2016-2024 | Все права защищены | Реклама | Мы не несём ответственности за содержание. | Бесплатные произведения предназначены исключительно для предварительного ознакомительного прослушивания. Использование материалов сайта возможно только с письменного разрешения Администрации. | Сделать бесплатный сайт с uCoz