Putin Erdo‘g‘ondan kechirim so‘radi...mi?


Putin oktyabrda Rossiya harbiy kemalarining ikki marta Turkiya havo kengliklariga kirganligi uchun Erdo‘g‘onga o‘zining rasmiy uzrnomasini bildirdi.
Rossiya Federatsiyasi Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putinning Turkiya Respublikasi Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘ondan rasmiy uzr so‘raganini ma’lum qildi. Bu haqda www.lenta.ru xabar bermoqda.

Lavrovning aytishiga qaraganda, Rossiyaning harbiy kemalari Su-24 halokatidan oldin oktyabrda ikki marta Turkiya havo kengliklariga kirgan ekan. Aynan shu ikki holat bo‘yicha Putin Erdo‘g‘ondan kechirim so‘rayotganini ta’kidladi.

Su-24 halokati yuzasidan ikki davlatning pozisiyasi hali ham o‘zgargani yo‘q. “Turkiyaning bunday harakatini boshqacha izohlashning iloji yo‘q – bu bevosita aksilterror harakatlariga to‘sqinlik qilish, Rossiyani Suriya havo kengliklarida harakatlanishiga chek qo‘yish, hatto Vena kelishuvlari bo‘yicha amalga oshirilishi kutilayotgan siyosiy jarayonlarni barbod qilish”, – deb ta’kidladi Sergey Lavrov.

Eslatib o‘tish joizki, Vena kelishuvlari Suriyada iloji boricha tezroq yarashuv ahdiga kelishni nazarda tutadi. Bu o‘rinda, Suriyadagi turli terroristik tashkilotlarning mavjudligi hisobga olinganligi yo‘q. Kelishuvlar bo‘yicha, 2016 yil 1 yanvardan boshlab, Suriya muammosini hal qilish bo‘yicha siyosiy jarayonlar boshlanishi kerak.  Jarayonlar yaqin kelajakda Suriyada yangi prezidentlik saylovlarini o‘tkazishni o‘z ichiga olgan. Ko‘pchilik g‘arb davlatlari saylovlarga Bashar Asadni hukumatdan chetlatishga bo‘lgan imkoniyat sifatida qarashmoqda.  Biroq Vena kelishuvlarida Asadning saylovlarda qatnashishini cheklash haqida hech qanday shartlar mavjud emas.
Adiz Ahmedov


Категория: DUYNO XABARLARI | Теги: Erdo‘g‘on, Putin, Turkiya
Просмотров: 2349 | Рейтинг: 0.0/0

Похожие материалы

ПРОФИЛЬ
Время: 17:42
Добро Пожаловать, Гости
 
Логин:
Пароль:
Copyright © MP3LAR.COM 2016-2024 | Все права защищены | Реклама | Мы не несём ответственности за содержание. | Бесплатные произведения предназначены исключительно для предварительного ознакомительного прослушивания. Использование материалов сайта возможно только с письменного разрешения Администрации. | Сделать бесплатный сайт с uCoz