Obama Putinga nisbatan munosabatini ma’lum qildi


Amerikaning Atlantic nashri jurnalisti bilan suhbat chog‘ida AQSh prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashuvlardan olgan taassurotlari haqida gapirib berdi, deb yozadi“RBK”. Barak Obama so‘zlariga ko‘ra, Rossiya yetakchisi uni boshqa kishilar kabi ikki soatlab kuttirmaydi va sherik bo‘lib ko‘rinishga intiladi, chunki u “unchalik ham ahmoq emas”.

U biz bilan ishlashga va bizning sherigimiz bo‘lib ko‘rinishga doim qiziqish bildiradi, chunki u unchalik ham ahmoq emas”, — dedi Obama.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Putin hozirda Rossiya dunyodagi o‘rnini yo‘qotayotganini hamda “uning Qrimga bostirib kirishi yoki Asadni qo‘llab-quvvatlashga urinishi uni to‘satdan o‘yinchiga aylantirmasligini” tushunadi.

AQSh prezidenti intervyu chog‘ida mamlakat Ukraina tufayli to‘liq ko‘lamdagi urushni boshlashga tayyor emasligini aytdi. U Vashington xatti-harakatlaridan qat’i nazar, doimo Ukrainaga Rossiya harbiy hujum uyushtirishi xavfi mavjud bo‘lishini ta’kidladi.



Категория: DUYNO XABARLARI | Теги: obama, Putin
Просмотров: 2633 | Рейтинг: 0.0/0

Похожие материалы

ПРОФИЛЬ
Время: 14:42
Добро Пожаловать, Гости
 
Логин:
Пароль:
Copyright © MP3LAR.COM 2016-2024 | Все права защищены | Реклама | Мы не несём ответственности за содержание. | Бесплатные произведения предназначены исключительно для предварительного ознакомительного прослушивания. Использование материалов сайта возможно только с письменного разрешения Администрации. | Сделать бесплатный сайт с uCoz