Obama Suriya va Ukrainadagi vaziyatni muhokama etish uchun Putin bilan bog‘landi


Vladimir Putin va Barak Obama o‘rtasida telefon orqali muloqot bo‘lib o‘tdi. Asosan Suriya hamda Ukrainadagi vaziyat muhokama etilgan Rossiya va AQSh rahbarlari suhbati Amerika tomoni tashabbusi bilan o‘tkazilgan. Bu haqda “RBK” xabar berdi.
Putin va Obama Myunxenda bo‘lib o‘tgan Suriyani qo‘llab-quvvatlash xalqaro guruhi yig‘ilishi yakunlarini ijobiy baholadi. Yagona aksilterror fronti tuzish zaruriyati qayd etildi. Shuningdek, Rossiya va AQSh mudofaa vazirliklari vakillari o‘rtasida o‘zaro aloqalarni yo‘lga qo‘yish muhimligi ta’kidlandi.
Ukrainadagi holat haqida so‘z yuritar ekan, Vladimir Putin rasmiy Kiyev zimmasiga olgan majburiyatlarini bajarishi, jumladan, Donbass bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot, amnistiya va konstitutsiyaviy islohot o‘tkazilishi, Donetsk va Luganskning alohida maqomi to‘g‘risidagi qonunga o‘zgartirishlar kiritish tez orada amalga oshirilishiga umid qilayotganligini bildirdi.


Категория: DUYNO XABARLARI | Теги: Ukraina, obama, Suriya, Putin
Просмотров: 1840 | Рейтинг: 0.0/0

Похожие материалы

ПРОФИЛЬ
Время: 12:08
Добро Пожаловать, Гости
 
Логин:
Пароль:
Copyright © MP3LAR.COM 2016-2024 | Все права защищены | Реклама | Мы не несём ответственности за содержание. | Бесплатные произведения предназначены исключительно для предварительного ознакомительного прослушивания. Использование материалов сайта возможно только с письменного разрешения Администрации. | Сделать бесплатный сайт с uCoz