“Dollar o‘yini”! Yana qachongacha davom etadi?


Har kuni bir noxush yangilikni eshitmoqdamiz. Rossiya aviazarbalari qay yo‘sinda Suriyada in qurgan IShIDchilarga talofat ko‘rsatayotgani, bu holni AQSh zimdan kuzatayotgani, OAV bosh mavzusiga aylangan “Rossiya u qildi, AQSh bu qildi” qabilidagi maqolalar... Bundan ham tahlikali tus olayotgani esa dollar qiymatining keskin sur’atda ilgarilab ketayotganidir!
Eng so‘nggisi esa o‘q ovozi tinmayotgan mamlakat – Suriyaning Prezidenti Asadning Moskvaga borgani, uni quchoq ochib kutib olgan Putin va bu nozik uchrashuvchi tanqid ostiga olgan Oq Uy...
Xullas, o‘yin ustiga o‘yin!
Urush bilan yonma-yon iqtisodiy oqsoqlanish haqida ham qayg’urishsa, ayni muddao bo‘lar edi. Dollar esa kun sayin qimmatlashgandan qimmatlashmoqda. Minglab biznesmenlar esa xavotirga tushgan.
Ko‘zga ko‘rinayotgan va niqob ostiga yashiringan urushlar oldini olish “gigant” prezidentlarning murosasiga taqalganday... Nahot bu murosa urushlar yechimini topishdan mushkul bo‘lsa?! G’urur qursin, a! AQSh Rossiya tomon, Rossiya AQSh tomon tabassum ila bir qadam tashlagisi yo‘q.
Rossiya AQShdan IShID Suriyaning qaysi burchaklarida in qurgani haqida ma’lumot so‘raganida, ulardan “bilmaymiz” javobini oldi. Odamlarni qiziqtirayotgani esa, Yerdan million-million kilometr olisdagi Marsda suv oqmalari borligini aniqlashga muvaffaq bo‘lgan AQSh nahot Yerdagi IShID ishidan, ularning ildizidan bexabar?!
Rossiya jahondagi mavqeini (balki, zo‘rligini) mustahkamlash, oshirish yoki isbotlashga harbiy kuch-qudrati orqali ko‘z-ko‘z qilishga urinayotgandek. Aslida urushning har qanday ko‘rinishini dunyoning tinchliksevar biron millati istamaydi. Dunyo tinchligiga rahna solayotgan Afg’oniston, Iroq, Suriyadagi buzg’unchiliklar qachon bitadi? qachon onalar, bevalar, mazlumalar faryodi, go‘daklar ko‘z yoshi tinadi? Siyosiy o‘yinlar bitganda, chog’i! Turli terror guruhlar ... Yildan yilga har turlisi paydo bo‘lmoqda. Bu jangarilarni, guruxlarni qo‘llayotgan kim? Masala shunda! Hammasi siyosiy maqsadlar yo‘lida xizmat qilayotganday...  Buyoqda dollar “o‘ynab” yotibdi, “o‘ynatmoqda” ham!
“Dollar o‘yini” hanuz dunyoda yakkaxokimlikka intilayotganlarning siyosiy nayranglari barham topsagina tugaydiganday. Ungacha, iqtisod – dengiz to‘lqinlari kabi u yog’dan bu yoqqa va bu yoqdan yo yoqqa  borib kelaveradi...

 
Jasur HAMROYEV
P.S.: Mamlakatimiz “qora bozor”larida AQSh dollarining 22-oktyabr kuni deyarli har soatda oshib borgani juda hayritabiiy holat sifatida kuzatildi. Yana “qora bozor”dagi valyuta ayriboshlashga doxil yangiliklarni zudlik bilan yoritib turuvchi “dollaruz.com” saytining paydo bo‘lishi esa juda g’alati. Qiziq. “Qora bozor” ustidagi “Hokim” kim? “Qora bozor”da dollar qiymatini kim belgilaydi?
Bunday holat Yevropaning ko‘p mamlakatlari, hatto Buyuk Britaniyaga ham xos. Faqat “qora bozor” ayro emas, pul almashtirish shahobchalarining o‘zginasida! Bir shahobchada boshqa narx, ikkinchisida boshqa. (Masalan, Londonda 100 dollarni 57 -60 funt sterlinggacha sotish mumkin, sotib olish esa 64-67 funt sterlinggacha).


Категория: FIKR MULOXAZA | Теги: Dollar
Просмотров: 2621 | Рейтинг: 0.0/0

Похожие материалы

ПРОФИЛЬ
Время: 20:28
Добро Пожаловать, Гости
 
Логин:
Пароль:
Copyright © MP3LAR.COM 2016-2024 | Все права защищены | Реклама | Мы не несём ответственности за содержание. | Бесплатные произведения предназначены исключительно для предварительного ознакомительного прослушивания. Использование материалов сайта возможно только с письменного разрешения Администрации. | Сделать бесплатный сайт с uCoz