Manzura davlat tadbirlarida qatnashmagan hamkasblarini tanqid qildi


«Nihol» mukofoti sovrindori Manzura instagramdagi shaxsiy sahifasiga O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi tomonidan maktab, akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida o‘tkazilayotgan tadbirlar haqidagi fikrini yozib qoldirdi. Bu haqda «Darakchi» xabar bermoqda.
«Kim edig-u kim bo‘ldik» tadbirlaridamiz. Tushunishimcha, Vatan faqat menga kerak. Bu tadbirlarda tengdoshlarim va «yulduz»lardan hech kim yo‘q. «O‘zbeknavo», seni sevaman!», deya izoh qoldirgan u.
Nashrning qayd etishicha, surat ostiga yozilgan izoh 10 daqiqa o‘tar-o‘tmas olib tashlangan.
Xonanda Manzura yanvar oyida ham Instagram’dagi sahifasi orqali «O‘zbeknavo» estrada birlashmasiga sevgi izhor qilgandi.
O‘shanda u Sardor Rahimxon bilan birga Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan uch kun davomida Surxondaryo viloyatining chekka hududlarida konsert bergandi.
«Ayniqsa, uchinchi kun mazza qildik. Yashasin O‘zbeknavo! O‘zbeknavo hamisha bizning qalbimizda! Men seni sevaman, O‘zbeknavo!», — », — deb yozgandi u.


Категория: SHOU-BIZNES habarlari | Теги: Manzura
Просмотров: 1331 | Рейтинг: 0.0/0

Похожие материалы

ПРОФИЛЬ
Время: 22:10
Добро Пожаловать, Гости
 
Логин:
Пароль:
Copyright © MP3LAR.COM 2016-2024 | Все права защищены | Реклама | Мы не несём ответственности за содержание. | Бесплатные произведения предназначены исключительно для предварительного ознакомительного прослушивания. Использование материалов сайта возможно только с письменного разрешения Администрации. | Сделать бесплатный сайт с uCoz