Shahnozabonuning oila a’zolari xonanda Manzuraga e’tiroz bildirdi


Xonanda Shahnozabonuning vafot etganiga kecha roppa-rosa 20 kun to‘ldi. Xonandaning hayoti va ijodiga bag‘ishlangan videofilm suratga olish ishlarini boshlaganimiz haqida avval ham xabar bergan edik. Shu maqsadda ota uyiga tashrif buyurib, oila a’zolari bilan suhbatlashdik. To‘ng‘ich farzandining dog‘ini ko‘rgan Odil aka va yolg‘iz suyanchig‘ini yo‘qotgan Umidaga hozir har qachongidan qiyin. “Qizalog‘im”dagi quvonchi ichiga sig‘may, onasi bag‘rida yayragan Umidaning nigohlaridagi shodlik o‘rnini bugun g‘am-g‘ussa, armon egallagan. Ko‘z yoshlarini tuta olmayotgan Umida bilan suhbatimiz juda uzoq davom etdi. Biroq u suhbatning bir qismini alohida taqdim etishimizni so‘radi.

Xabaringiz bor, Shahnozabonuning vafotidan so‘ng xonanda Manzura hamkasbining janozasiga san’at olami vakillaridan ko‘pchilik kelmaganini aytib, intervyu bergandi. O‘sha vaqtda xonandaning gaplari OAVda kun mavzusiga aylandi. Ming afsuski, bu gaplar hamon davom etib, “Shahnozabonuning janozasiga hech kim kelmabdi”,– qabilidagi yoqimsiz gaplarga ulandi. Shahnozabonuning qizi va otasi xonanda Manzuradan juda ranjigan. Umida Manzuraning intervyusi yuzasidan qarshi fikrlari borligini aytdi.
 “Onam hayotlik chog‘ida juda ko‘p qiyinchiliklarni ko‘rdilar. Aldagan, hiyonat qilgan, tuzlarini yeb, tuzluqlariga tupurgan, ishonchlarini suiiste’mol qilganlar ham ko‘p bo‘ldi. Ularning hammasini Yaratganning izmiga qo‘ydilar. Afsuski, onamning nomidan foydalanib, yangi gaplarni o‘ylab topayotganlar vafot etganlaridan keyin ham uchrayapti.


Категория: SHOU-BIZNES habarlari | Теги: Manzura, Shahnozabonu
Просмотров: 4715 | Рейтинг: 0.0/0

Похожие материалы

ПРОФИЛЬ
Время: 08:57
Добро Пожаловать, Гости
 
Логин:
Пароль:
Copyright © MP3LAR.COM 2016-2024 | Все права защищены | Реклама | Мы не несём ответственности за содержание. | Бесплатные произведения предназначены исключительно для предварительного ознакомительного прослушивания. Использование материалов сайта возможно только с письменного разрешения Администрации. | Сделать бесплатный сайт с uCoz