Manzura Shahnozabonuning janozasiga estrada vakillaridan deyarli hech kim bormaganini aytdi


Xonanda Manzura 14-mart kuni 42 yoshda olamdan o‘tgan hamkasbi Shahnozabonuning dafn marosimida estrada vakillaridan deyarli hech kimni ko‘rmaganini ma’lum qildi. Bu haqda “Sayyod.com” xabar berdi.
“Instagram’da ‘opajonim’lab uning o‘limi bilan keng ommani ‘tabriklagan’larning birortasi janozaga kelmadi. Faqatgina Davron Kabulovni ko‘rdim, rahmat unga. Shu yigitdan sal xafa edim, ammo shu kuni hurmatim oshdi. Men, Iroda Dilroz va radioboshlovchi Shirin G‘ofurovalar bor edik. Mayli, davlat tadbiri bilan banddir, desang, shu kuni davlat tadbiri yo‘q edi, to‘y desang ham hozir u darajada to‘y mavsumi emas. Biror joyi og‘rib qolgandir desang, nahotki hammasiniki yoppasiga birdan aynan shu kuni og‘rib qolgan bo‘lsa?!”, — dedi xonanda.
“Dutorchilardan bor deyishdi. Uning ‘gapchi’lari-chi, qayda qoldi? 2–3 kun o‘tib Mavluda opa Umida opani olib borganini eshitdim. Ammo qolganlar qani? Shuncha odam Instagram’ga (ta’ziyanoma) qo‘yganini ko‘rdim, shulardan qani endi birortasi kelgan bo‘lsa. Bilasizmi… Bir reytingi baland xonandaning onasi o‘lganida hammasi o‘sha yerda edi. Mashhur bo‘lsang shu, o‘limga ham ‘pont’ uchun hamma borar ekan”, — qo‘shimcha qildi xonanda.


Категория: SHOU-BIZNES habarlari | Теги: Shahnozabonu, Manzura
Просмотров: 2400 | Рейтинг: 0.0/0

Похожие материалы

ПРОФИЛЬ
Время: 08:59
Добро Пожаловать, Гости
 
Логин:
Пароль:
Copyright © MP3LAR.COM 2016-2024 | Все права защищены | Реклама | Мы не несём ответственности за содержание. | Бесплатные произведения предназначены исключительно для предварительного ознакомительного прослушивания. Использование материалов сайта возможно только с письменного разрешения Администрации. | Сделать бесплатный сайт с uCoz