O‘zbekistonda COVID-19 yuqtirganlar bilan aloqada bo‘lmagan qiz koronavirusga chalindi


O‘zbekistonda chet elda bo‘lib qaytmagan, chet elda bo‘lib qaytgan shaxslar bilan kontaktda bo‘lmagan shaxsda ham koronavirus aniqlangan. Bu haqda Davlat Bosh sanitariya vrachi Bahrom Almatov brifing vaqtida ma’lum qildi.

“20 yoshli qizda shunday holat aniqlangan. U xorijga chiqmagan, bemorlar bilan kontaktda bo‘lmagan. Biroq u o‘zi xohlagan va xohlamagan, bilib-bilmagan tarzda jamoat transportida, ish jarayonida umumiy foydalanadigan buyumlardan foydalangan bo‘lishi va shu orqali kasallikni yuqtirib olgan bo‘lishi mumkin”, dedi Bahrom Almatov.

Bosh sanitariya vrachining ta’kidlashicha, bemorning oilasidagilarni ham tekshiruvdan o‘tkazilgan, ular sog‘lom. 

“Bu holat hammamizni hushyorlikka chaqiradi”, deydi Almatov.

 avvalroq koronavirusga chalingan bemorlarnin 5 nafarida kasallik alomatlari yo‘qolgani haqida xabar bergan edik.

 Eslatib o'tamiz O‘zbekistonda koronavirusni yuqtirib olish bilan bog‘liq ilk holat joriy yilning 15 mart kuni qayd etilgan edi. Ayni vaqtda ushbu virusni yuqtirib olganlar 50 nafarga yetdi.

Qadrli yurtdoshlar, karantin davrida zarurat bo‘lmasa, ko‘chaga chiqmang. Vaqtni oilangiz, farzandlaringiz davrasida o‘tkazing. Unutmang, 



Категория: MAXALLIY YANGILIKLAR | Теги: toshkent, Koronavirus, o'zbekiston
Просмотров: 1393 | Рейтинг: 0.0/0

Похожие материалы

ПРОФИЛЬ
Время: 20:08
Добро Пожаловать, Гости
 
Логин:
Пароль:
Copyright © MP3LAR.COM 2016-2024 | Все права защищены | Реклама | Мы не несём ответственности за содержание. | Бесплатные произведения предназначены исключительно для предварительного ознакомительного прослушивания. Использование материалов сайта возможно только с письменного разрешения Администрации. | Сделать бесплатный сайт с uCoz