Yunusobod tumanining ayrim hududlarida 10-may kuni gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi



Toshkentdagi Yunusobod tumanining ayrim hududlarida 10-may kuni soat 10:00 dan 18:00 ga qadar gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi. Bu haqda hokimlik matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, shu kuni “Hududgaz Poytaxt” GTFning “Yerosti gaz quvurlari xizmati” va “Yunusobodtumangaz” ta’minoti bo‘limi tomonidan Tashkent City hududiga qadar yangi qurilgan D-400 mm o‘rta bosim gaz quvurini mavjud o‘rta bosim D-729 mm yerosti gaz quvuriga ulash ishlarini amalga oshirish rejalashtirilgan.

Shu sababli quyidagi hududlarda iste’molchilarga gaz ta’minoti vaqtinchalik to‘xtatiladi:

Yunusobod tumani 2-mavze — 38 ta ko‘p qavatli uy, 2300 ta xonadon;
3-mavze — 21 ta ko‘p qavatli uy, 1260 ta xonadon;
4-mavze — 85 ta ko‘p qavtli uy, 7000 ta xonadon;
5—6—7-mavzelar — 105 ta ko‘p qavatli uy, 6300 ta xonadon;
8-mavze — 50 ta ko‘p qavatli uy, 3000 ta xonadon;
9-mavze — 28 ta ko‘p qavatli uy, 1500 ta xonadon;
10-mavze — 25 ta ko‘p qavatli uy, 1300 ta xonadon;
11-mavze — 59 ta ko‘p qavatli uy, 3000 ta xonadon;
12-mavze — 32 ta ko‘p qavatli uy, 1920 ta xonadon;
13—14—15-mavzelar — 69 ta ko‘p qavatli uy, 4150 ta xonadon;
“Kulolqo‘rg‘on”, “Shodlik”, “G‘ayratiy”, “Shahriston”, “Moyqo‘rg‘on”, “Anorzor” mahallalaridagi 5 mingta xonadon.
Shuningdek, “Shahriston”, “Anorzor” mahallasidagi 2 ta, Amir Temur ko‘chasidagi 8 ta, Ahmad Donish ko‘chasidagi 2 ta, Chimkent yo‘li ko‘chasidagi 3 ta ulgurji iste’molchi hamda 4—6—8—9—11—12—13—14-mavzelardagi 15 ta ulgurji istemolchi yuqorida ko‘rsatilgan vaqt davomida gaz ta’minotidan uziladi.


Категория: MAXALLIY YANGILIKLAR | Теги: May, Tuman, Gaz, ayrim, Yunusobod, hudud, toshkent
Просмотров: 475 | Рейтинг: 0.0/0

Похожие материалы

ПРОФИЛЬ
Время: 14:45
Добро Пожаловать, Гости
 
Логин:
Пароль:
Copyright © MP3LAR.COM 2016-2024 | Все права защищены | Реклама | Мы не несём ответственности за содержание. | Бесплатные произведения предназначены исключительно для предварительного ознакомительного прослушивания. Использование материалов сайта возможно только с письменного разрешения Администрации. | Сделать бесплатный сайт с uCoz