“O‘zbektelekom” provayderlar uchun internet-xizmatlar tariflarini pasaytirdi


“O‘zbektelekom” aksiyadorlik kompaniyasi 2016-yilning 2-martidan O‘zbekiston provayderlari uchun tashqi kanal internet-xizmatlari tariflarini 1 Mbit/s uchun 115,26 dollargacha pasaytirganligini ma’lum qildi, deb yozadi “Infocom.uz”.
Joriy yilda tariflar bungacha ham arzonlashtirilgan edi. Xususan, 13-yanvardan 1 Mbit/soniya uchun 156,24 dollargacha, 1-fevraldan 141,94 dollargacha, 17-fevraldan 136,34 dollargacha, 1-martdan 133,62 dollargacha arzonlashtirilgan edi.
Eslatib o‘tamiz, 2015-yilda tariflar 17 marta pasaytirilgan edi. 2015-yilning yanvarida u 1 Mbit/s uchun 259,29 dollarni tashkil etgan bo‘lsa, dekabr oyida 157,60 dollardan iborat bo‘ldi.


Категория: INTERNET TARMOG'I | Теги: Internet, O‘zbektelekom
Просмотров: 1268 | Рейтинг: 0.0/0

Похожие материалы

ПРОФИЛЬ
Время: 12:03
Добро Пожаловать, Гости
 
Логин:
Пароль:
Copyright © MP3LAR.COM 2016-2024 | Все права защищены | Реклама | Мы не несём ответственности за содержание. | Бесплатные произведения предназначены исключительно для предварительного ознакомительного прослушивания. Использование материалов сайта возможно только с письменного разрешения Администрации. | Сделать бесплатный сайт с uCoz