“Bilayn” interneti 4,5 soat nosozlikdan so‘ng qayta ishlab ketdi

3-aprel soat taxminan 19:50 dan buyon ishlamayotgan “Bilayn” interneti 4,5 soatdan so‘ng, 23:20 da yana ishlab ketdi. Bu haqda Twitter foydalanuvchilari xabar berdi.

Eslatib o‘tamiz, “Bilayn-O‘zbekiston” aloqa operatorining internet xizmati 3-aprel, payshanba kuni Toshkent vaqti bilan 19:50 atrofida ishlamay qolgan edi. Ayni vaqtda, qo‘ng‘iroqlar va SMS xizmati odatdagidek ishlashda davom etdi.

Kompaniyaning Jamoatchilik bilan aloqa xizmati rahbari Oraz Abdurazzoqovning telefon orqali “Daryo”ga bergan intervyusida “Bilayn”ning ba’zi tarmoqlarida nosozlik yuz berganligini ta‘kidladi.

Ayni vaqtda, mamlakatning boshqa bir yirik aloqa operatori – Ucell abonentlarida internetga kirish bilan bog‘liq muammo yo‘qligi aytilmoqda.

Ma’lumot uchun, “O‘zbektelekom” va boshqa internet provayderlar Rossiya hududidagi avariyaviy ishlar munosabati bilan, 3-aprel, payshanba kuni soat 00:00 dan 06:00 gacha internet xizmati sifati yomonlashishi mumkinligini ma’lum qilgandi.



Категория: MOBILE ALOQA KOMPANIYALARI | Теги: Internet, Beeline, Bilayn
Просмотров: 1332 | Рейтинг: 0.0/0

Похожие материалы

ПРОФИЛЬ
Время: 14:03
Добро Пожаловать, Гости
 
Логин:
Пароль:
Copyright © MP3LAR.COM 2016-2024 | Все права защищены | Реклама | Мы не несём ответственности за содержание. | Бесплатные произведения предназначены исключительно для предварительного ознакомительного прослушивания. Использование материалов сайта возможно только с письменного разрешения Администрации. | Сделать бесплатный сайт с uCoz