O‘zbekistonlik internet foydalanuvchilari yordamida katta pulli hamyon o‘z egasini topdi

Facebook’dagi “Potrebitel.uz” guruhi foydalanuvchilari sharofati bilan yo‘qolgan hamyon o‘z egasiga qaytdi.

Bundan avval guruhda katta miqdordagi puli bo‘lgan hamyonni topib olgan foydalanuvchi post qoldirgan va, uni egasiga qaytarish uchun barchani hamkorlikka chaqirgan edi. Shundan so‘ng, a’zolarning “repost”lari natijasida xabar hamyon egasigacha yetib borgan.

“Kichkina odamchaning hayotini saqlab qolishga atalgan pul internet foydalanuvchilarining tezkor harakatlari bilan o‘z vaqtida egalarini topdi”, — deb yozadi guruhning tashabbuskor a’zosi.

Xabarga fikr bildirganlar tashabbus egasining halol, mas’uliyatli va yordamsevar ekanligini qayd etishgan, unga maqtov yog‘dirishgan. Ayniqsa, yosh bolaning hayotini saqlab qolgani haqidagi ma’lumot foydalanuvchilar olqishiga sazovor bo‘lgan.



Категория: TEXNOLOGIYA | Теги: foydalanuvchi, Internet, O‘zbekiston
Просмотров: 1535 | Рейтинг: 0.0/0

Похожие материалы

ПРОФИЛЬ
Время: 18:25
Добро Пожаловать, Гости
 
Логин:
Пароль:
Copyright © MP3LAR.COM 2016-2024 | Все права защищены | Реклама | Мы не несём ответственности за содержание. | Бесплатные произведения предназначены исключительно для предварительного ознакомительного прослушивания. Использование материалов сайта возможно только с письменного разрешения Администрации. | Сделать бесплатный сайт с uCoz