Samarqandda “behayolarcha o‘ynab”, yurib ketayotgan Nexia kapoti ustiga yotib olgan qizlar 15 sutkagacha qamalishi mumkin

Samarqandda avval raqsga tushib, so‘ng avtomobil kapotida o‘tirgan  qizlarning harakatlari yuzasidan Samarqand viloyat Ichki ishlar boshqarmasi rasmiy ma’lumot taqdim etdi. Bu haqda “Daryo” muxbiri Farhod Norbo‘tayev xabar bermoqda.

Samarqand viloyat IIB matbuot xizmati rahbari Shirin Normatova bergan ma’lumotga ko‘ra, 20-noyabr kuni Telegram va boshqa ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videoda yoshi taxminan 20-25 yoshlar atrofida bo‘lgan 2 nafar qiz ko‘chada jamiyatda yurish turish qoidalarini qasddan mensimasdan, behayolarcha yo‘l chetida o‘ynab, noma’lum avtomashinaning old kapotiga yotib olib, harakatlanib ketayotganligi holati tasvirlangan.

Mazkur holat yuzasidan Kattaqo‘rg‘on shahar IIB xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor tekshiruv ishlari natijasida 13-noyabr kuni soat 16:00 larda Kattaqo‘rg‘on shahri Amir Temur ko‘chasida yurish turish qoidalarini qasddan behayolarcha mensimasdan o‘ynayotgan, sochlari kalta sarg‘ish rangli qiz Kattaqo‘rg‘on tumani Payshanba shaharchasida yashovchi D.Ch. U bilan raqsga tushgan qiz Kattaqo‘rg‘on shahrida yashovchi U.F. ekanligi, avtomashina boshqaruvida Kattaqo‘rg‘on shahrida yashovchi R.S. otasi R.N.ga tegishli Nexia-1 rusumli avtomashinani hech bir hujjatlarsiz boshqarganligi aniqlangan. Mazkur holatlarni ular bilan birga bo‘lgan Kattaqo‘rg‘on shahrida yashovchi M.N. qo‘l telefonida tasvirga olgan va ijtimoiy tarmoqlarga tarqatib yuborgan.


Tergovga qadar tekshiruv harakatlari natijasiga ko‘ra, R.S. otasi R.N.ga tegishli Nexia rusumli avtomashinani hujjatlarsiz boshqarganligi sababli, unga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 135-moddasi 2-qismi (Transport vositalarini boshqarish huquqi bo‘lmagan shaxslarning shu vositalarni boshqarishi, xuddi shuningdek boshqarish huquqi bo‘lmagan shaxsga transport vositalarini boshqarishning topshirilishi) va 138-moddasi 4-qismi (Transport vositasi harakatlanayotgan vaqtda yo‘lovchi tomonidan tana qismlarini (qo‘ldan tashqari) salondan chiqarish) bilan hamda R.N.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 135-moddasi 2-qismi bilan ma’muriy bayonnoma tuzildi.

D.Ch., U.F., R.S. va M.N.larga nisbatan MJtKning 183-moddasi (Mayda bezorilik) bilan ma’muriy bayonnoma tuzilgan. Mayda bezorilik, ya’ni jamoat joylarida uyatli so‘zlar bilan so‘kinish, fuqarolarga haqoratomuz shilqimlik qilish hamda jamoat tartibini va fuqarolarning osoyishtaligini buzuvchi shu kabi boshqa xatti-harakatlarda ifodalangan jamiyatda yurish-turish qoidalarini qasddan mensimaslik eng kam ish haqining uch baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga yoki o‘n besh sutkagacha muddatga ma’muriy qamoqqa olishga sabab bo‘ladi. Ish bo‘yicha to‘plangan hujjatlar Ma’muriy ishlar bo‘yicha Kattaqo‘rg‘on shahar sudiga yuborilgan.

Mazkur holat yuzasidan Kattaqo‘rg‘on shahrida IIB va mutasaddi tashkilot vakillari ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.



Категория: MAXALLIY YANGILIKLAR | Теги: Samarqand
Просмотров: 11016 | Рейтинг: 0.0/0

Похожие материалы

ПРОФИЛЬ
Время: 02:16
Добро Пожаловать, Гости
 
Логин:
Пароль:
Copyright © MP3LAR.COM 2016-2024 | Все права защищены | Реклама | Мы не несём ответственности за содержание. | Бесплатные произведения предназначены исключительно для предварительного ознакомительного прослушивания. Использование материалов сайта возможно только с письменного разрешения Администрации. | Сделать бесплатный сайт с uCoz