Samarqandda turmush o‘rtog‘ini pichoqlab o‘ldirgan shaxs 9 yilga qamaldi

Samarqandda turmush o‘rtog‘ining joniga qasd qilgan fuqaro 9 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilindi. Bu haqda “Daryo”ga Jinoyat ishlari bo‘yicha Samarqand shahar sudi sudyasi Zarifa Ahmedova ma’lum qildi.

Xabar berilishicha, 2020-yilning 15-iyun kuni soat, taxminan, 03:30 da Samarqand shahrida yashovchi E.G. mast holatda uyiga kelib, turmush o‘rtog‘i G.G. bilan oilaviy kelishmovchilik sabab janjallashib qolgan. Janjal davomida E.G. xonada turgan oshxona pichog‘i bilan turmush o‘rtog‘ining ko‘krak qismiga qasddan urib, hayot uchun xavfli bo‘lgan og‘ir tan jarohati yetkazgan. Fuqaro G.G. ko‘p qon yo‘qotishi oqibatida hodisa sodir bo‘lgan joyda vafot etgan.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Samarqand shahar sudida mazkur ish ko‘rib chiqildi.

Aniqlanishicha, sudlanuvchi E.G. aybiga to‘liq iqrorlik bildirib, 2020-yilning 14-iyun kuni soat 19:00 da 2,5 litr hajmli pivo spirtli ichimligini yashash uyi oldida iste’mol qilganligini, soat taxminan 02:00 da uxlash maqsadida yashash uyiga kirganligini, mast holatda turmush o‘rtog‘ining ko‘krak qismiga pichoq urganligini bayon qilgan.

Sud hukmiga ko‘ra, sudlanuvchi E.G. Jinoyat kodeksining 104-moddasi (qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) 3-qismi “d” bandida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topilib, 9 yil 7 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilingan.



Категория: MAXALLIY YANGILIKLAR | Теги: qotillik, qotil, o'lim, Samarqand
Просмотров: 461 | Рейтинг: 0.0/0

Похожие материалы

ПРОФИЛЬ
Время: 01:02
Добро Пожаловать, Гости
 
Логин:
Пароль:
Copyright © MP3LAR.COM 2016-2024 | Все права защищены | Реклама | Мы не несём ответственности за содержание. | Бесплатные произведения предназначены исключительно для предварительного ознакомительного прослушивания. Использование материалов сайта возможно только с письменного разрешения Администрации. | Сделать бесплатный сайт с uCoz