Surxondaryoda tuman IIB boshlig‘ining sobiq o‘rinbosari o‘zini osib qo‘ydi


 
Ijtimoiy tarmoqlarda Surxondaryo viloyati IIB xodimining o‘z joniga qasd qilganligi to‘g‘risida xabarlar tarqaldi. Viloyat prokuraturasi mazkur xabarlar yuzasidan rasmiy bayonot berdi.

Ma’lum qilinishicha, 3-may kuni soat 08:00 larda Jarqo‘rg‘on tumani, “Markaziy Surxon” mahallasida yashagan R.S. yashash uyi yonida joylashgan molxonasi shiftiga xo‘jalik arqonidan sirtmoq yasab, o‘zini osib joniga qasd qilgan.

Hodisa sodir bo‘lgan joyni ko‘zdan kechirish davomida hodisa joyidan 1 dona 1,5 metr uzunlikdagi arqon xolislar ishtirokida rasmiylashtirib olingan.

Qumqo‘rg‘on tuman sud-tibbiyot ekspertizasi bo‘limining dastlabki ma’lumotnomasida marhum R.S.ning o‘limiga yuqori nafas yo‘llarining siqilishi, mexanik asfiksiya, sirtmoqqa osilish kabi tan jarohatlar sabab bo‘lganligi, uning badanida boshqa tan jarohatlari mavjud emasligi ko‘rsatilgan.

Viloyat IIB matbuot xizmatining bildirishicha, marhum R.S. 1975-yilda Jarqo‘rg‘on tumanida tug‘ilgan, muqaddam Qumqo‘rg‘on tuman IIB boshlig‘ining o‘rinbosari lavozimida ishlagan, pensiya olish huquqini beradigan bildirgisi asosida 2021-yilning yanvar oyida Ichki ishlar organlaridan Qurolli kuchlar rezerviga bo‘shatilgan.

Xabarga ko‘ra, R.S.ning o‘z joniga qasd qilganligi holati yuzasidan Jarqo‘rg‘on tumani prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshirish harakatlari olib borilmoqda.


Категория: MAXALLIY YANGILIKLAR | Теги: Tuman, boshlig‘, sobiq, IIB, o‘zini, Surxondaryo, o‘rinbosar, osib
Просмотров: 1168 | Рейтинг: 0.0/0

Похожие материалы

ПРОФИЛЬ
Время: 11:48
Добро Пожаловать, Гости
 
Логин:
Пароль:
Copyright © MP3LAR.COM 2016-2024 | Все права защищены | Реклама | Мы не несём ответственности за содержание. | Бесплатные произведения предназначены исключительно для предварительного ознакомительного прослушивания. Использование материалов сайта возможно только с письменного разрешения Администрации. | Сделать бесплатный сайт с uCoz