Koronavirusga chalingan fuqarolar to‘liq tuzalib chiqsa, kasallik qaytalanmaydi - Bahrom Almatov


Faqatgina to‘liq tuzalmasdan shifoxonadan chiqarib yuborilganlar qayta shifoxonaga murojaat qilishi mumkin

Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi direktori Bahrom Almatov bilan brifing o‘tkazilmoqda. Unda koronavirusga qarshi kurash masalasi to‘g‘risida so‘z yuritilmoqda.

«Agar koronavirusga chalingan fuqarolar to‘liq tuzalib chiqsa, kasallik qaytalanmaydi. Asoratlari ham qolmaydi. Faqatgina to‘liq tuzalmasdan shifoxonadan chiqarib yuborilganlar qayta shifoxonaga murojaat qilishi mumkin», — dedi Bahrom Almatov.  

Shuningdek, uning so‘zlariga ko‘ra, maktablarni dezinfeksiya qilish uchun aholi yoki o‘quvchilardan pul yig‘ish noto‘g‘ridir.

«Maktablarni dezinfeksiya qilish uchun aholi yoki o‘quvchilardan pul yig‘ish noto‘g‘ri. Maktablarni dezinfeksiya qilish maktab rahbarlari va dezinfeksiya qiluvchilar o‘rtasida tuziladigan shartnoma asosida amalga oshiriladi. Bolalardan yoki aholi vakillaridan buning uchun haq olish noto‘g‘ri», — dedi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi direktori.

Avvalroq, Prezident xitoylik mutaxassislarni maxsus reys bilan O‘zbekistonga olib kelib, profilaktika tadbirlari bo‘yicha maslahat va ko‘mak olib bo‘yicha topshiriq bergani haqida  xabar qilingandi.



Категория: MAXALLIY YANGILIKLAR | Теги: Koronavirus, Bahrom Almatov
Просмотров: 523 | Рейтинг: 0.0/0

Похожие материалы

ПРОФИЛЬ
Время: 12:28
Добро Пожаловать, Гости
 
Логин:
Пароль:
Copyright © MP3LAR.COM 2016-2024 | Все права защищены | Реклама | Мы не несём ответственности за содержание. | Бесплатные произведения предназначены исключительно для предварительного ознакомительного прослушивания. Использование материалов сайта возможно только с письменного разрешения Администрации. | Сделать бесплатный сайт с uCoz