UzAuto Motors koronavirus bilan bog‘liq vaziyat tufayli avtomobilni uydan chiqmasdan sotib olishni tavsiya qildi

Qayd etilishicha, bunday xaridni Uzavtosavdo ilovasi orqali amalga oshirish imkoni mavjud, 23-martdan @uzautosanoat_bot Telegram botida avtomobil uchun shartnoma tuzish yangi opsiyasi ham qo‘shiladi.

Bundan tashqari, mamlakatda epidemiologik vaziyat yaxshilanguniga qadar kompaniya shartoma bo‘yicha to‘lov amalga oshirish muddatini 7 dan 21 kungacha uzaytirganini ma’lum qilgan.

Shu bilan birga, kompaniyaning barcha dilerlik markazlari doimiy shtat rejimida faoliyat yuritayotgani, ularda xavfsizlik ehtiyot choralari ko‘rilayotgani aytib o‘tilgan.

Eslatib o‘tamiz, UzAuto Motors kompaniyasi 9-mart kuni o‘zi ishlab chiqarayotgan (yig‘ayotgan) yengil avtomobillar narxini model va modifikatsiyasiga qarab 3 foizdan 21 foizgacha  oshirgan edi. Narxlarning bu qadar keskin oshishi xalq orasida keskin noroziliklarni keltirib chiqarmoqda.

Hatto Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish federatsiyasi UzAutoMotors’ning avtomashinalar narxini oshirganini keskin  qoralab chiqdi. Shavkat Mirziyoyev ham avtomobillar narxi oshirilganini  tanqid qilgandi. Monopoliyaga qarshi kurash qo‘mitasi esa UzAuto Motors AJ yengil avtomobillar narxlarini oshirgani yuzasidan bayonot berish bilan cheklangan.


Koronavirus bilan bog‘liq yuzaga kelgan vaziyat sababli UzAuto Motors kompaniyasi xaridni mobil imkoniyatlardan foydalangan holda, uydan chiqmasdan xaridni amalga oshirishni  tavsiya qildi.


Категория: MAXALLIY YANGILIKLAR | Теги: Koronavirus, avtomobil, UzAuto Motors
Просмотров: 670 | Рейтинг: 0.0/0

Похожие материалы

ПРОФИЛЬ
Время: 13:39
Добро Пожаловать, Гости
 
Логин:
Пароль:
Copyright © MP3LAR.COM 2016-2024 | Все права защищены | Реклама | Мы не несём ответственности за содержание. | Бесплатные произведения предназначены исключительно для предварительного ознакомительного прослушивания. Использование материалов сайта возможно только с письменного разрешения Администрации. | Сделать бесплатный сайт с uCoz