Yevropa Ligasida haftaning ramziy terma jamoasi e’lon qilindi


Futbol bo‘yicha Yevropa Ligasi musobaqasining barcha nimchorak final uchrashuvlari o‘z nihoyasiga yetdi va chorak finalchilar nomi ma’lum bo‘ldi.

UEFA rasmiy sayti ushbu hafta davomida o‘tkazilgan o‘yinlarda faol ishtirok etgan, jamoasi g‘alabasiga hissa qo‘shgan va o‘z xatti-harakatlari bilan ajralib turgan futbolchilar ramziy terma jamoasi tuzdi.

Ramziy terma jamoadan quyidagi futbolchilar o‘rin oldi:

Darvozabon: David Bichik (“Sparta”);

Himoyachilar: Kosta Namoinesu (“Sparta”), Kiriakos Papadopulos (“Bayer”), Adil Rami (“Sevilya”);

Yarim himoyachilar: Ladislar Kreychi (“Sparta”), Filippe Koutinyo (“Liverpul”), Genrix Mxitaryan (“Borussiya” D), Xose Antonio Reyes (“Sevilya”);

Hujumchilar: Rafa Silva (“Braga”), Arits Aduris (“Atletik”), Pyer-Emerik Obameyang (“Borussiya” D).

Eslatib o‘tamiz, Shveysariyaning Nyon shahrida 18-mart, juma kuni futbol bo‘yicha Yevropa Ligasi chorak final bosqichiga qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tdi va chorak final juftliklari aniqlandi. Shorak finalning dastlabki uchrashuvlari 7-aprel kuni, javob uchrashuvlari esa 14-aprel kuni bo‘lib o‘tadi.



Категория: SPORT YANGILIKLARI | Теги: futbol, Euro
Просмотров: 1605 | Рейтинг: 0.0/0

Похожие материалы

ПРОФИЛЬ
Время: 14:00
Добро Пожаловать, Гости
 
Логин:
Пароль:
Copyright © MP3LAR.COM 2016-2024 | Все права защищены | Реклама | Мы не несём ответственности за содержание. | Бесплатные произведения предназначены исключительно для предварительного ознакомительного прослушивания. Использование материалов сайта возможно только с письменного разрешения Администрации. | Сделать бесплатный сайт с uCoz