O‘zbekiston futzal termasi o‘z tarixida birinchi marta jahon chempionatiga chiqdi


Futzal bo‘yicha Toshkentda davom etayotgan Osiyo chempionatining chorak finalidagi O‘zbekiston va Iroq o‘rtasidagi o‘yin yakunlandi.

Uchrashuvda o‘zbekistonlik futzalchilar 3:0 hisobida g‘alaba qozondi. O‘zbekiston safidan Dilshod Rahmatov dublga erishgan bo‘lsa, Nodir Eliboyev yana bir golga mualliflik qildi. Ushbu g‘alabadan keyin O‘zbekiston futzal termasi Osiyo chempionatining yarim finali va eng muhimi Kolumbiyada o‘tkaziladigan futzal bo‘yicha jahon chempionatining yo‘llanmasiga ega bo‘ldi.

O‘zbekiston futzal termasi tarixda birinchi marta jahon chempionatida ishtirok etadi.

Ushbu muvaffaqiyat bilan futzal bo‘yicha O‘zbekiston termasining barcha muxlislarini muborakbod etamiz.

Futzal bo‘yicha Osiyo chempionati. 1/4 final

O‘zbekiston – Iroq – 3:0 (1:0).

Gollar: Dilshod Rahmatov (18, 39), Nodir Eliboyev (31).



Категория: SPORT YANGILIKLARI | Теги: futbol, o'zbekiston
Просмотров: 1667 | Рейтинг: 0.0/0

Похожие материалы

ПРОФИЛЬ
Время: 04:12
Добро Пожаловать, Гости
 
Логин:
Пароль:
Copyright © MP3LAR.COM 2016-2024 | Все права защищены | Реклама | Мы не несём ответственности за содержание. | Бесплатные произведения предназначены исключительно для предварительного ознакомительного прослушивания. Использование материалов сайта возможно только с письменного разрешения Администрации. | Сделать бесплатный сайт с uCoz