AQShda lazerli ustara ishlab chiqarildi


Kaliforniya shtatidagi Irvin shahri startapchilari lazerli ustara prototipini taqdim etdi, deb xabar beradi “Hi-Tech Mail.Ru”.
Skarp ustarasi tuklarni ehtiyotkorlik bilan kesib oladi, shu bilan birga, undan foydalanish jarayonida kuyish yoki kesish jarohatini olishning iloji yo‘q. Bundan tashqari, u teri infeksiyalari rivojlanishining oldini oladi, sababi mikrob va bakteriyalar terining aynan shikastlangan qismida yuzaga keladi.
Bir marta ishlatiladigan ustaralarga qaraganda Skarp ustarasi bir nechta ustunlikka ega. Jumladan, undan foydalanishda qimmatbaho katrijlar, ko‘pik va soqol olgandan so‘ng ishlatiladigan vositalarni xarid qilishga ehtiyoj yo‘q. Ustara, shuningdek, ekologik xavfsiz qurilma sanaladi.
Lazerli ustara bir oygacha yetuvchi bitta AAA batareyasi bilan ishlaydi.


Категория: TEXNOLOGIYA | Теги: lazerli ustara, ishlab chiqarildi, AQSh
Просмотров: 1190 | Рейтинг: 0.0/0

Похожие материалы

ПРОФИЛЬ
Время: 20:54
Добро Пожаловать, Гости
 
Логин:
Пароль:
Copyright © MP3LAR.COM 2016-2024 | Все права защищены | Реклама | Мы не несём ответственности за содержание. | Бесплатные произведения предназначены исключительно для предварительного ознакомительного прослушивания. Использование материалов сайта возможно только с письменного разрешения Администрации. | Сделать бесплатный сайт с uCoz