AQSh Xitoyga yadroviy zarba berishni rejalashtirgan – OAV


 
AQSh hukumati 1958-yilda Xitoyga yadroviy zarba berish imkoniyatini jiddiy o‘rganib chiqqan. Bu haqda mamlakat maxsus xizmatlarining yaqinda oshkor qilingan maxfiy hujjatlaridagi ma’lumotlarga tayanib, Daily Mail xabar berdi.

Hujjatlar Daniel Ellsberg tomonidan internet tarmog‘iga joylashtirilgan bo‘lib, Ellsberg AQShning Vyetnam urushidagi pozitsiyasi batafsil keltirilgan 1971-yilgi Pentagon hujjatlarini oshkor qilgan.

“Hech qachon va hech qanday sharoitda, shu jumladan, Tayvanni himoya qilishda bizning yadro qurolini rejalashtirish, tayyorlash va tahdid qilishga haqimiz yo‘q”, — deb yozgan Ellsberg Twitter’da.

O‘sha paytda Xitoy o‘z hududlari yaqinidagi Tayvan armiyasi nazorati nazorat qilayotgan orollarni samolyotdan bombardimon qilmoqchi edi. Ta’kidlanishicha, Vashington agar Xitoy orollarni egallab olsa, mojaroni hal qilishning usullaridan biri XXR havo bazalariga yadroviy zarba berish bo‘ladi, deya qaror qilgan. Agar bu ham Xitoy hukumatiga ta’sir qilmasa, AQSh Shanxay va mamlakatning boshqa shaharlariga yadro zarbalari berilishini istisno qilmagan.

Shu bilan birga, harbiy rahbariyat Sovet Ittifoqining javob yadroviy zarbasi xavfining “deyarli kafolatlanganiga” qaramay, yadroviy qurol ishlatilishi kerak, deb hisoblar edi.

Xabarda aytilishicha, “Amerika harbiy departamenti Sovet Ittifoqi bahsga aralashishi mumkinligini, bu esa birinchi navbatda Okinava orolida joylashgan AQSh qo‘shinlarini yo‘q qilishini tushunib turgan edi”.

Biroq o‘sha paytdagi Xitoy rahbari Mao Szedun qirg‘oqdagi orollarni o‘qqa tutishni to‘xtatish to‘g‘risida buyruq berganidan keyin mintaqadagi keskinlik pasaygan.

Avvalroq Xitoy ham AQShni Tayvan masalasida “olov bilan o‘ynamaslikka” hamda Tayvan bo‘g‘ozidan Amerika esminetsning o‘tishi munosabati bilan Tayvan bilan rasmiy aloqalarni har qanday kengayishini darhol to‘xtatishga chaqirgan edi.



Категория: DUYNO XABARLARI | Теги: Zarba, AQSh, Xitoy, yadroviy zarba
Просмотров: 1717 | Рейтинг: 0.0/0

Похожие материалы

ПРОФИЛЬ
Время: 06:18
Добро Пожаловать, Гости
 
Логин:
Пароль:
Copyright © MP3LAR.COM 2016-2024 | Все права защищены | Реклама | Мы не несём ответственности за содержание. | Бесплатные произведения предназначены исключительно для предварительного ознакомительного прослушивания. Использование материалов сайта возможно только с письменного разрешения Администрации. | Сделать бесплатный сайт с uCoz