AQShda tornadolar oqibatida 35 kishi halok bo‘ldi

AQSh janubi va o‘rta g‘arbida so‘nggi uch kun davomida sodir bo‘lgan ketma-ket tornadolar natijasida 35 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda Associated Press axborot agentligi xabariga tayanib “Kun” ma’lum qilmoqda.

Qayd etishlaricha, Arkanzas shtatida halok bo‘lganlar soni 15 nafarga yetgan, Missisipida esa tabiiy ofat natijasida 12 kishi qurbon bo‘lgan.

Bundan tashqari, Alabamada kamida uch kishi, Ayovada ikki, Oklahomada esa bir kishi halok bo‘lgan. Ayni vaqtda, yana ikki kishi qurbon bo‘lgani haqidagi xabar aniqlashtirilmoqda.

“Kun” ma’lumotiga ko‘ra, tabiiy ofatning asosiy zarbasi 27-aprel, yakshanba kuni mamlakatning markaziy va janubiy qismi – Oklahoma va Arkanzas shtatlariga to‘g‘ri kelgan.



Категория: DUYNO XABARLARI | Теги: AQSh, Tornado
Просмотров: 1941 | Рейтинг: 5.0/1

Похожие материалы

ПРОФИЛЬ
Время: 14:26
Добро Пожаловать, Гости
 
Логин:
Пароль:
Copyright © MP3LAR.COM 2016-2024 | Все права защищены | Реклама | Мы не несём ответственности за содержание. | Бесплатные произведения предназначены исключительно для предварительного ознакомительного прослушивания. Использование материалов сайта возможно только с письменного разрешения Администрации. | Сделать бесплатный сайт с uCoz