Obama AQShga tahdid qiluvchi uchta bosh xavfni aytdi


Terrorchilik, xakerlar va alohida davlatlar tomonidan kiberhujumlar, Zika virusi kabi viruslarning tarqalishi AQSh fuqarolari uchun rahna solayotgan bosh xavflar hisoblanadi. Bu haqda AQSh prezidenti Barak Obama Oq uyda gubernatorlar milliy uyushmasi a’zolari oldidagi nutqida aytib o‘tdi.
"Bugun biz ayniqsa uchta xavfga katta e’tibor qaratganmiz. Bulardan birinchisi va eng jiddiysi – terrorchilik", deb aytdi Obama va oxirgi vaqtda AQShda yuz bergan teraktlar, jumladan San-Bernardinodagi otishmani, shuningdek, yaqinda Michiganda Uber onlayn-taksi xizmati haydovchisi 6 kishini otib tashlagani va 2 kishini yaralaganini eslatib o‘tdi.
Obamaning aytishicha, federal idoralar AQSh hududiga terrorchilar o‘tmasligi maqsadida boshqa davlatlar bilan birga hamkorlik qilmoqda. "Biz ogoh bo‘lishimiz kerak", deb qo‘shimcha qildi Obama.
Shuningdek, Obama xakerlar va ba’zi davlatlar tomonidan AQShdagi kompaniyalar, harbiylar, hukumat va davlat muassasalariga kiberhujumlarning katta xavfga ega ekanligini aytib o‘tdi. Obama bundan AQSh infratuzilmasi bilan bir qatorda amerikaliklar ham jabr ko‘rishi mumkinligini aytdi.
"Va nihoyat biz kasalliklarning tarqalishi borasida ogoh bo‘lishimiz kerak", deb aytdi Obama va Zika virusining tarqalishini eslab o‘tdi hamda "bu kasallikka qarshi barcha vositalar bilan kurashilishini" ta’kidlab o‘tdi.


Категория: DUYNO XABARLARI | Теги: AQSh, obama
Просмотров: 2137 | Рейтинг: 0.0/0

Похожие материалы

ПРОФИЛЬ
Время: 17:19
Добро Пожаловать, Гости
 
Логин:
Пароль:
Copyright © MP3LAR.COM 2016-2024 | Все права защищены | Реклама | Мы не несём ответственности за содержание. | Бесплатные произведения предназначены исключительно для предварительного ознакомительного прослушивания. Использование материалов сайта возможно только с письменного разрешения Администрации. | Сделать бесплатный сайт с uCoz