AQShlik qariyaning murdasi dafn uyida “tirildi”


AQShning Missisipi shtati Leksington shahrida istiqomat qiluvchi keksa kishi tinchgina vafot etgan edi. Biroq o‘z "o‘limi”dan bir kun o‘tib, "murda” dafn byurosida o‘ziga keldi. Bu haqda Associated Press xabar berdi.

78 yoshli Uolter Uilyams yuragi urishdan to‘xtagach, qarindoshlari dafn uyi vakilini chaqirgan. Pensionerning xasta bo‘lgan-bo‘lmagani, qay tarzda "vafot etgani” hozircha ma’lum emas.

Xullas, dafn byurosi xodimlari "murda”ni mumiyolash jarayoniga kirishish chog‘ida uning "jonlangani”ga guvoh bo‘lishgan va qarindoshlariga tezlik bilan xabar berishgan.

Voqea joyiga yetib kelgan tibbiyot xodimi Uolter Yilyamsning pulsi vaqtinchalik to‘xtab qolishiga unga o‘rnatilgan kardiostimulyatorning ishdan chiqqani sabab bo‘lganini taxmin qildi. Uolterning o‘zi esa hayotga qaytganidan shod ekanini bildirdi.

Ma’lumot o‘rnida: kardiostimulyator — yurak ritmiga ta’sir qilishi uchun o‘rnatiladigan tibbiy asbob.

Manba:daryo.uz



Категория: DUYNO XABARLARI | Теги: AQSh
Просмотров: 1736 | Рейтинг: 0.0/0

Похожие материалы

ПРОФИЛЬ
Время: 06:04
Добро Пожаловать, Гости
 
Логин:
Пароль:
Copyright © MP3LAR.COM 2016-2024 | Все права защищены | Реклама | Мы не несём ответственности за содержание. | Бесплатные произведения предназначены исключительно для предварительного ознакомительного прослушивания. Использование материалов сайта возможно только с письменного разрешения Администрации. | Сделать бесплатный сайт с uCoz