Beeline yangi “Bravo Ooo!” tarifini ishga tushirdi


Beeline aloqa operatori yangi "Bravo Ooo!” tarifini ishga tushirdi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar berdi.

"Bravo Ooo!” tarifida balans 2,99 dollardan ortiq mablag‘ga to‘ldirilganda kompaniya abonentlari 7 kunga 200 daqiqa va dam olish kunlarida tarmoq ichidagi suhbat uchun qo‘shimcha 200 daqiqaga ega bo‘ladi.  

— Abonentlarning istagiga ko‘ra har safar hisob 2,99 dollardan ortiq mablag‘ga to‘ldirilganda bepul 400 daqiqani qo‘lga kiritish imkonini uzaytirdik, — deydi Beeline’ning tijorat direktori Dmitriy Grigoryev. — Bundan tashqari, hisobda mavjud barcha mablag‘lar aloqaning boshqa xizmatlariga sarflash uchun balansda qoladi.

Yangi "Bravo Ooo!” tarifida tarmoq ichidagi chiqish qo‘ng‘iroqlarining bir daqiqasi $0,02 ni tashkil etadi. O‘zbekiston bo‘yicha boshqa chiqish qo‘ng‘iroqlarining bir daqiqasi — $0,03. Mahalliy SMS narxi — $0,02, MMS — $0,05 ni tashkil etadi. Bir megabayt $0,10 ga teng. Kunlik abonent to‘lovi — $0,06.

Barcha tariflardan "Bravo Ooo!” rejasiga o‘tish bepul. O‘tish kodi — *110*565#.



Категория: MOBILE ALOQA KOMPANIYALARI | Теги: yangi tarif, Beeline
Просмотров: 1548 | Рейтинг: 0.0/0

Похожие материалы

ПРОФИЛЬ
Время: 03:07
Добро Пожаловать, Гости
 
Логин:
Пароль:
Copyright © MP3LAR.COM 2016-2024 | Все права защищены | Реклама | Мы не несём ответственности за содержание. | Бесплатные произведения предназначены исключительно для предварительного ознакомительного прослушивания. Использование материалов сайта возможно только с письменного разрешения Администрации. | Сделать бесплатный сайт с uCoz