Koronavirus infeksiyasi aniqlangan bemorlarning ahvoli to‘g‘risida ma'lumot berildi


Koronavirus kasaliga chalingani aniqlangan bemorlarning ahvoli o‘rta og‘ir, barqaror. Ushbu kasallikka chalingan ilk bemorlar sog‘ayib bormoqda 

Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi direktori Bahrom Almatov bilan brifing o‘tkazildi. Unda koronavirusga chalingan bemorlarning ahvoli to‘g‘risida ma'lumot berildi.

Bahrom Almatovning so‘zlariga ko‘ra, koronavirusga chalingan ilk bemorlar sog‘aymoqda.

«Bugun koronavirus kasaliga chalingani aniqlangan bemorlarning ahvoli o‘rta og‘ir, barqaror. Ushbu kasallikka chalingan ilk bemorlar sog‘ayib bormoqdalar, ular o‘zlarini yaxshi his etishmoqda. 

Davolash muassasalarimizda tashkil qilingan dori-darmonlar zaxirasi, tibbiy asbob-anjomlar, o‘z vaqtida tashxis qo‘yish va samarali davolash uchun barcha sharoit mavjud», - Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi direktori.

Bundan oldin, Bahrom Almatov agar koronavirusga chalingan fuqarolar to‘liq tuzalib chiqsa, kasallik qaytalanmasligi haqida  aytgandi.



Категория: MAXALLIY YANGILIKLAR | Теги: Koronavirus, infeksiya
Просмотров: 1068 | Рейтинг: 0.0/0

Похожие материалы

ПРОФИЛЬ
Время: 02:39
Добро Пожаловать, Гости
 
Логин:
Пароль:
Copyright © MP3LAR.COM 2016-2024 | Все права защищены | Реклама | Мы не несём ответственности за содержание. | Бесплатные произведения предназначены исключительно для предварительного ознакомительного прослушивания. Использование материалов сайта возможно только с письменного разрешения Администрации. | Сделать бесплатный сайт с uCoz