Milliarder Alisher Usmonov 1980-yili Toshkentda soxta ayblov bilan ozodlikdan mahrum etilgan


Milliarder Alisher Usmonov 1980-yili soxta ayblov bilan sakkiz yilga ozodlikdan mahrum etilgan. Bu haqda Forbes jurnali xabar bermoqda.

Alisher Usmonov 1976-yili Moskvadagi Xalqaro aloqalar instituti xalqaro huquq fakultetini tamomlab, Toshkentga qaytgan. “Hayoti bir maromda, muvaffaqiyatli ketayotgan edi, — deb yozadi Forbes. — Otasi Toshkent shahar prokurori, o‘zi esa Yoshlar ittifoqi markaziy qo‘mitasida katta referent, tanishlar ko‘p, kelajak porloq edi”.

Biroq 1980-yili Alisher Usmonov va uning ikki do‘sti — O‘zbekiston Davlat xavfsizlik qo‘mitasi raisi o‘rinbosarining o‘g‘li Bahodir Nasimov va O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi vazirining o‘g‘li Ilhom Shayxov firibgarlik va mulkni talon-taroj qilishda ayblanib, turli muddatlarga ozodlikdan mahrum etilgan.

Alisher Usmonovning so‘zlariga ko‘ra, yigitlar o‘zlaridan ko‘ra, ularning ota-onalariga qarshi qaratilgan urug‘-aymoqchilik kelishmovchiliklari qurboni bo‘lgan. Bo‘lajak milliarder o‘shanda sakkiz yilga ozodlikdan mahrum etilgan, olti yil o‘tirib, 1986-yili muddatidan avval ozod etilgan.

“2000-yili O‘zbekiston Oliy sudi o‘sha jinoyat ishini soxtalashtirilgan deb topib, sudlanganlarni oqlagan”, — deb yozadi Forbes.



Категория: DUYNO XABARLARI | Теги: toshkent, Alisher Usmonov
Просмотров: 3606 | Рейтинг: 0.0/0

Похожие материалы

ПРОФИЛЬ
Время: 04:02
Добро Пожаловать, Гости
 
Логин:
Пароль:
Copyright © MP3LAR.COM 2016-2024 | Все права защищены | Реклама | Мы не несём ответственности за содержание. | Бесплатные произведения предназначены исключительно для предварительного ознакомительного прослушивания. Использование материалов сайта возможно только с письменного разрешения Администрации. | Сделать бесплатный сайт с uCoz