Toshkentda mudhish YTH sodir bo‘ldi. Yuragi betoblar ko‘rmasin!


Ijtimoiy tarmoqlardagi “Voditeli Tashkenta” guruhi oq va delfin rangdagi Lacetti hamda Damas avtomobillari ishtirokidagi mudhish avtohalokatning suratlari bilan to‘lib toshdi. Siz suratda ko‘rib turgan yo‘l-transport hodisasi kecha, 18 aprel kuni Toshkent shahri, Yunusobod tumani, Ahmad Donish ko‘chasida ro‘y bergan.
Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari hamda voqeaga guvoh bo‘lgan haydovchilar ushbu YTHga oid videolar va fotosuratlarni tinimsiz internetga joylashtirishmoqda. Bu suratlar va videolar allaqachon Telegram messenjerida ham tarqashga ulgurdi.
 
YTH sabablari hozircha aniq emas. Ijtimoiy tarmoqlardagi foydalanuvchilarning qayd etishlaricha, YTH oqibatida hech kim halok bo‘lmagan.

Voqeaga guvohlik qilganlar Damas o‘z muvozanatini yo‘qotib, ag‘daralib ketganini aytishmoqda. Oq rangdagi Lacetti esa orqa tarafi bilan yo‘l chetidagi ariqqa tushgan. Bu avtomobilning to‘rt g‘ildiragi ham nosoz holatga kelib qolgan. Umuman olganda, YTHda ishtirok etgan uch avtomobilni tanish shu qadar qiyinki, bundan ularning juda katta tezlikda harakatlanganini payqash qiyin emas.


YTH tafsilotlari bilan to‘liq tanishtirishga harakat qilamiz. 
 


Категория: MAXALLIY YANGILIKLAR | Теги: toshkent, qoida, mudhish, yo'l harakati, YTH
Просмотров: 3759 | Рейтинг: 0.0/0

Похожие материалы

ПРОФИЛЬ
Время: 16:03
Добро Пожаловать, Гости
 
Логин:
Пароль:
Copyright © MP3LAR.COM 2016-2024 | Все права защищены | Реклама | Мы не несём ответственности за содержание. | Бесплатные произведения предназначены исключительно для предварительного ознакомительного прослушивания. Использование материалов сайта возможно только с письменного разрешения Администрации. | Сделать бесплатный сайт с uCoz