Nilufar Usmonova Ochiq kiyinishda Lolani ham Ortda qoldirdi

Xonanda Shahzoda o‘zining Facebook`dagi sahifasiga hamkasbi, yaqin dugonasi Nilufar Usmonova va bir yigit bilan tushgan suratini joyladi. Nilufar Usmonovaning ochiq kiyimda tushgan mazkur surati internet foydalanuvchilarining keskin tanqidiga sabab bo‘ldi.
Aksariyat foydalanuvchilar xonandaning kiygan libosini tanqid ostiga olib, salbiy munosabat bildirdi.
Ulardan biri “Biz ba’zan kimligimizni unutib qo‘yamiz. Yana bir necha yildan so‘ng shou-biznes vakillari yalang‘och yursa ham ajab emas. Ko‘zguga qarang, axir siz yoshlarga o‘rnak bo‘lishingiz kerak!”, - deya kuyinib gapirdi.
Ko‘pchilik foydalanuvchilar Nilufar Usmonova o‘zbekchilikka to‘g‘ri kelmaydigan tarzida kiyinganini, o‘ziga yarashmagan ish qilganini ta’kidladi. Ayrimlar esa bunda Nilufarni qoralash noto‘g‘ri ekanligini, aslida mazkur surat Shahzodaning sahifasiga joylashtirilganini, uning esa Nilufarning bunday suratini joylashga haqqi yo‘qligini aytdi. Yana bir foydalanuvchi Nilufar ochiq kiyinishda xonanda Lolani ham ortda qoldirganini aytib o‘tdi.
Shahzoda esa izohlarni javobsiz qoldirdi. Suratni ham olib tashlashni lozim topmadi, go‘yo xalq fikrining unga umuman ahamiyati yo‘qday! Surat ostidagi izohlarni quyida o‘qishingiz mumkin:

Bu yerda Nilufarning surati tanqid bo‘layotgan bir paytda xonandaning o‘zi ham Facebook ijtimoiy tarmog‘idagi shaxsiy sahifasiga mana shunday tarzdagi “ochiq” videoroligini joylashtirdi. Unda xonandaning raqsga tushish uchun mo‘ljallangan zalda arabcha raqsga tushayotganini ko‘rish mumkin. Raqs yoki sportning biror turi bilan shug‘ullanayotganda xonandalar o‘ziga xos, harakatlarni cheklamaydigan, erkin uslubdagi kiyimda bo‘lishlari kerak, to‘g‘ri, ammo bu qadar ochiq kiyinganini butun ommaga ko‘z-ko‘z qilish qanchalik to‘g‘ri?
Video Nilufarning aksariyat muxlislariga manzur bo‘ldi, ular xonandaning yaxshi raqsga tushishini e’tirof etishdi. Biroq uning ochiq-sochiq, o‘zbek millatining hech bir qolipiga to‘g‘ri kelmaydigan kiyimini tanqid qilganlar ham bo‘ldi. Ayrim foydalanuvchilar xonandaning turmush o‘rtog‘ida erkaklik ori yo‘qligi qabilidagi izohlarni ham qoldirishdi.
Darhaqiqat, oilali, buning ustiga uch o‘g‘il farzandning onasi bo‘lgan va eng avvalo o‘zbek millatiga mansub ayolning yoshlarga o‘rnak bo‘lish o‘rniga, mana shunday ochiq-sochiq kiyinishni targ‘ib qilishi qanchalik to‘g‘ri? Xonandalarimiz bu kabi hatti-harakatlari bilan kimga nimani isbotlamoqchi? O‘zbek estrada vakillari o‘zini har qanday ko‘yga solishni istasa bu ularning shaxsiy ishi, biroq bu noo‘rin, milliyligimizga xos bo‘lmagan hatti-harakatlarini minglab o‘zbek yoshlari kuzatib boradigan ijtimoiy tarmoqlarga shu tarzda joylash to‘g‘rimikin? Yoshlarning san’atkorlarga taqlid qilishi azaldan bo‘lgan, bas shunday ekan, o‘zbek qizlari kiyinish-u, yurish-turishda siz kabi san’atkorlardan o‘rnak oldigan bo‘lsa, bu ketishda Yevropani ham ortda qoldiramizku! O‘zbek yoshlari ma’naviyatini shakllantirishda san’atkorlar bevosita ishtirok etishini estrada vakillarimiz unutib qo‘yishmasa maqsadga muvofiq bo‘larmidi! Biroq bunday noo‘rin xatti-harakatlar bilan san’atkorlar nafaqat o‘z nomiga balki butun o‘zbek millati nomiga dog‘ tushirishlarini unutib qo‘yishayotganday nazarimizda! 


Категория: SHOU-BIZNES habarlari | Теги: Lola, Ochiq kiyinish, Nilufar Usmonova
Просмотров: 3525 | Рейтинг: 0.0/0

Похожие материалы

ПРОФИЛЬ
Время: 02:16
Добро Пожаловать, Гости
 
Логин:
Пароль:
Copyright © MP3LAR.COM 2016-2024 | Все права защищены | Реклама | Мы не несём ответственности за содержание. | Бесплатные произведения предназначены исключительно для предварительного ознакомительного прослушивания. Использование материалов сайта возможно только с письменного разрешения Администрации. | Сделать бесплатный сайт с uCoz