Lola Toshkent ko‘chalari bo‘ylab #BoburDay heshtegini reklama qildi (foto)


Xonanda Lola 14-fevral — Zahiriddin Muhammad Bobur tavallud topgan sana munosabati bilan Toshkent ko‘chalarida o‘ziga xos aksiya o‘tkazdi va jarayonni Facebook sahifasiga fotosuratlar ko‘rinishida joyladi.

“Ertaga (suratlar 13-fevralda joylangan) qanday kun? #BoburDay Valentin kuni? Yo‘q, unaqasini eshitmaganman”, — deya yozgan u.

Suratlarda xonanda avtobus ichidagi yo‘lovchilar orasida, bir guruh bolalar orasida #BoburDay heshtegi tushirilgan plakat bilan turganini ko‘rish mumkin. Rasmlardan birida, hatto, avtobus haydovchisi ham heshtegni tutib turibdi.

Postga fikr bildirganlarning ko‘pchiligi ushbu aksiyani qo‘llab-quvvatlab, Lolaning qo‘shayotgan hissasini yuqori baholagan. Biroq uning xatti-harakatlaridan kinoya yoki “litsenziyasini qaytarish uchun urinish” alomatlarini qidirganlar ham bo‘ldi.


Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalari talabalaridan tashkil topgan Yoshlar klubi tomonidan 14-fevral, yakshanba kuni soat 14:00 dan boshlab navbatdagi virtual aksiyaga start beradi.

Shu kuni Twitter mikrobloglar xizmatining o‘zbekistonlik faol foydalanuvchilari mutafakkir va davlat arbobi Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 533 yilligiga bag‘ishlangan #BoburDay heshtegini jahon trendiga olib chiqish uchun harakat boshlaydi.

Ularga o‘zbek estradasi, kino san’atining yorqin vakillari ham yaqindan yordam beradi.

Aksiyada barcha ijtimoiy tarmoqlarning faollari #BoburDay yozuvi (heshtegi)ni ishlatgan holda post qoldirib, ishtirok etishi mumkin.



Категория: SHOU-BIZNES habarlari | Теги: Lola
Просмотров: 3377 | Рейтинг: 0.0/0

Похожие материалы

ПРОФИЛЬ
Время: 07:52
Добро Пожаловать, Гости
 
Логин:
Пароль:
Copyright © MP3LAR.COM 2016-2024 | Все права защищены | Реклама | Мы не несём ответственности за содержание. | Бесплатные произведения предназначены исключительно для предварительного ознакомительного прослушивания. Использование материалов сайта возможно только с письменного разрешения Администрации. | Сделать бесплатный сайт с uCoz