Lola farzandlari otasining yangi Rafiqasiga qanday munosabatda ekanligini aytdi


Xonanda Lola “Darakchi.uz”ning “Onlayn-Yulduz” loyihasi mehmoni bo‘lib, 1,5 soat mobaynida muxlsilarining savollariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri javob berdi. Xonanda bu vaqt oralig‘ida 60 dan ortiq savollarga javob berishga ulgurdi.
Xususan, xonanda sobiq turmush o‘rtog‘ining farzandlariga bo‘lgan munosabati haqida shunday dedi:
“Sobiq turmush o‘rtog‘imning farzandlarimga munosabati juda yaxshi. Har hafta oxirida dam olish kunlarini ular birga o‘tkazishadi. Men esa bundan foydalanib maza qilib dam olaman(kuladi). Farzandlarim dadasi uylanganini to‘g‘ri qabul qilishdi. Ular katta bo‘lib qolishdi, shuning uchun ham biz hech narsani yashirib o‘tirmadik. Ota-ona baxtli bo‘lsa, farzandlar ham baxtli bo‘ladi. 
Eng qizig‘i, u uylanganidan so‘ng ham o‘g‘lim va qizim dadasinikiga bajonidil borishyapti. Sababi, uning turmush o‘rtog‘i farzandlarimga juda yaxshi munosabatda.  Hatto, farzandlarim uni yaxshi ko‘rib, ‘Opajon’ deb chaqirishadi. Farzandlarimning ko‘nglini olishga harakat qilayotgani uchun ham ‘Opajon’ga rahmat!”


Категория: SHOU-BIZNES habarlari | Теги: Lola
Просмотров: 2507 | Рейтинг: 0.0/0

Похожие материалы

ПРОФИЛЬ
Время: 03:42
Добро Пожаловать, Гости
 
Логин:
Пароль:
Copyright © MP3LAR.COM 2016-2024 | Все права защищены | Реклама | Мы не несём ответственности за содержание. | Бесплатные произведения предназначены исключительно для предварительного ознакомительного прослушивания. Использование материалов сайта возможно только с письменного разрешения Администрации. | Сделать бесплатный сайт с uCoz