Lola yangi videoklip ustida ish boshladi


Estradamizning latofatli xonandasi Lola so‘nggi kunlarda qizg‘in ijod bilan band. U bir qator yangi g‘oyalar, loyihalar ustida ishlamoqda. Ayni damda tinglovchilarning sevimli taronasiga aylangan “Sog‘indim” qo‘shig‘i uchun yaratilayotgan klip ham shular jumlasidandir. 
Sanjar Matkarimov rejissyorligida tasvirga olinayotgan videoklipning suratga tushirish ishlarining birinchi kuni nihoyasiga yetdi. Ko‘ngildagidek yakunlangan jarayonning ilk kunida klipning bir qismi tasvirga olindi. Suratlarda ham faqatgina Lolani ko‘rishingiz mumkin.

Bosh qahramon rolini ijro etgan aktyorning kimligi esa oshkor etilmadi. Buni siz ertangi suratga olish jarayonidan so‘ng bilib olish imkoniga ega bo‘lasiz. Hozircha o‘z taxminlaringizni yozib qoldirish imkoniga egasiz.


Mazkur videoklipni suratga olish ishlarida ko‘mak berayotgan ijodiy guruh haqida ma’lumot beradigan bo‘lsak, rejissyor Sanjar Matkarimov, uning yordamchisi Ixtiyor Baxtiyorov. Ikkinchi rejissyor Mansur Vasati, operator Rustam Murodov. Pardozchi Renata Iskandarova, Liboslar bo‘yicha rassom Hilola Sher, vizajist Diana Yakusheva. Kartina direktori Bahriddin Shamsiddinov. Videoklipni suratga tushirish ishlarining ikkinchi kunidan ham batafsil ma’lumotni taqdim etamiz. Shunday ekan, bizdan yiroqlashmang.


Категория: SHOU-BIZNES habarlari | Теги: Lola
Просмотров: 2043 | Рейтинг: 0.0/0

Похожие материалы

ПРОФИЛЬ
Время: 03:28
Добро Пожаловать, Гости
 
Логин:
Пароль:
Copyright © MP3LAR.COM 2016-2024 | Все права защищены | Реклама | Мы не несём ответственности за содержание. | Бесплатные произведения предназначены исключительно для предварительного ознакомительного прослушивания. Использование материалов сайта возможно только с письменного разрешения Администрации. | Сделать бесплатный сайт с uCoz