Shohzamon navbatdagi qo‘shig‘ini latofatli Lola bag‘ishlaydi


Xonandalar nomi bilan qo‘iq kuylab, xalqimiz nazariga tushgan Shohzamon so‘nggi kunlarda yangi ijod namunalari ustida ish olib bormoqda. Shuningdek,  u o‘z tinglovchilarini topib ulgurgan Munisa Rizayeva qo‘shig‘ini yaqindagina “Istiqlol” san’at saroyida bo‘lib o‘tgan konsertlardan birida ijro etdi va biz bu qo‘shiqni yana bir bor sizning hukmingizga havola etmoqdamiz. Bu hali hammasi emas. Onam meni oppog‘im deydi, Koshki edi tunda ko‘rinsam. Onam meni mehribon deydi, Bir yilda bir shirin gapirsam. Onam meni bahorim deydi, To‘rt fasl bir yo‘qlamasam ham. Onam meni polvonim deydi, Dardi yukin ko‘tarmasam ham. Shohzamon mana shu naqorat bilan aytiladigan qo‘shiqni yaqinda taqdim etadi. Qo‘shiq she’ri va musiqasi muallifi Shohzamonning o‘zi. Aranjirovka yosh ijodkor O‘tkir Mengliev, ovoz yozish va unga sayqal berish ishlari esa Bahrom Karimov tomonidan  amalga oshirilgan.  Shohzamon san’atkorlarni nomi bilan qo‘shiq qilish yo‘nalishida ham ijodni davom ettirmoqda. Yaqinda latofatli xonanda Lolaga bag‘ishlangan qo‘shig‘ini tayyorladi. Ayni paytda uni aranjirovkasi ustida ish olib borilmoqda. Tez kunda ushbu tarona ham muxlislar e’tiboriga havola etiladi.


Категория: SHOU-BIZNES habarlari | Теги: Shohzamon, Lola
Просмотров: 3326 | Рейтинг: 0.0/0

Похожие материалы

ПРОФИЛЬ
Время: 05:27
Добро Пожаловать, Гости
 
Логин:
Пароль:
Copyright © MP3LAR.COM 2016-2024 | Все права защищены | Реклама | Мы не несём ответственности за содержание. | Бесплатные произведения предназначены исключительно для предварительного ознакомительного прослушивания. Использование материалов сайта возможно только с письменного разрешения Администрации. | Сделать бесплатный сайт с uCoz