Rossiya va Tojikiston prezidentlari migratsiya sohasi va mahsulot aylanmasini kengaytirish masalalarini muhokama qildi


Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon va Rossiya prezidenti Vladimir Putin telefon orqali bo‘lgan suhbat chog‘ida mamlakatlar o‘rtasidagi tovar ayirboshlashni oshirish niyatlarini bildirdi va migratsiya sohasidagi vaziyatni muhokama qildi. Bu haqda Tojikiston prezidentining matbuot xizmatiga tayanib “TASS”  xabar berdi.“Tomonlar o‘zaro savdo hajmini oshirish va Tojikistondan Rossiya bozoriga tabiiy toza meva va sabzavotlarni eksport qilish niyatlarini bildirdi va yaqin kelajakda tojikistonlik mehnat muhojirlari uchun navbatdagi ‘migratsiya amnistiyasi’ o‘tkazilishini muhokama qildi”, — deyiladi xabarda.

Shuningdek, tomonlar Tojikistonda beshta rus tilida o‘qitiladigan maktab qurish, Rossiya oliy o‘quv yurtlarida tojikistonlik talabalarning kunduzgi ta’limini tiklash hamda mamlakatlar o‘rtasidagi muntazam aviaqatnovlarni ko‘paytirish masalalarini muhokama qildi.

Avvalroq Kreml matbuot xizmati Putin va Rahmonning integratsion birlashmalar doirasidagi qo‘shma ishlarni va Markaziy Osiyo mintaqasidagi vaziyatni ko‘rib chiqqanini ma’lum qilgan edi.

21-aprel kuni Rossiya Tashqi ishlar vazirligi Migratsiya masalalari bo‘yicha bosh boshqarmasi rahbari Valentina Kazakova 2021-yilda Tojikiston va Rossiya migratsiya sohasini tartibga solish bilan bog‘liq hujjatlarni imzolashni rejalashtirayotganini ma’lum qildi. Tojikiston hukumatining ma’lumotlariga ko‘ra, har yili o‘rtacha 460 mingga yaqin aholi ishlash uchun mamlakatni tark etib, ularning ko‘pchiligi Rossiyaga boradi. 2020-yilda Rossiyadagi koronavirus pandemiyasi sababli u yerga faqat 120 ming kishi mehnat muhojiri sifatida ketgan. 2021-yilga kelib Rossiya chet elliklarning mamlakatga kirishini cheklab qo‘yganida, 30-yanvar kuni 170 nafar Tojikiston fuqarosi maxsus yollanib, Irkutsk viloyatiga, 31-mart kuni 168 kishi Moskva viloyatiga ishlash uchun ketgan.

2020-yilning dekabr oyida Rossiyaning Tojikistondagi elchisi Igor Yakin-Frolov 2020-yilning dastlabki 10 oyida mamlakatlar o‘rtasidagi tovar ayirboshlash hajmi 850 million dollarni tashkil etganini ma’lum qilgan edi. Shuningdek, u o‘zaro savdo tarkibida birinchi o‘rinni yoqilg‘i-moylash materiallari, undan keyin oziq-ovqat, qurilish materiallari, metallar, yog‘och, asbob-uskunalar, shu jumladan, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari egallab turganini ta’kidlagan.

Avvalroq AQSh prezidenti Jo Bayden Rossiya davlat rahbari Vladimir Putin bilan telefon orqali muloqot qilgan edi. Unda prezidentlar strategik barqarorlik, global va mintaqaviy masalalarni gaplashgan.

Ikki prezidentning telefondagi suhbati Bayden ABC News jurnalistining “Putinni qotil deb hisoblash mumkinmi?” qabilida bergan savoliga “Ha” deb javob berganidan keyin birinchi muloqot bo‘ldi.

AQSh prezidenti rossiyalik hamkasbiga yaqin oylar ichida uchinchi bir mamlakatda sammit o‘tkazishni taklif qildi. Avstriya esa uchrashuv maydoni bo‘lishga tayyorligini bildirdi.


Категория: DUYNO XABARLARI | Теги: Tojikiston, Rossiya, Prezident
Просмотров: 323 | Рейтинг: 0.0/0

Похожие материалы

ПРОФИЛЬ
Время: 21:35
Добро Пожаловать, Гости
 
Логин:
Пароль:
Copyright © MP3LAR.COM 2016-2024 | Все права защищены | Реклама | Мы не несём ответственности за содержание. | Бесплатные произведения предназначены исключительно для предварительного ознакомительного прослушивания. Использование материалов сайта возможно только с письменного разрешения Администрации. | Сделать бесплатный сайт с uCoz