DIQQAT: Rossiyada aviaholokat! Omon qolganlar yo‘q


Bugun, 11 aprel kuni Rossiyaning Xabarovsk o‘lkasida “Vostok” avikompaniyasining Mi-8 vertolyoti qulab tushdi. Bu haqda “Interfaks” xabar qildi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, vertolyot bortida 6 nafar ekipaj a’zosi bo‘lgan va ular mashg‘ulot o‘tkazish uchun havoga ko‘tarilgan.

Rossiya Federatsiyasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining ma’lum qilishicha, halokat ob-havodagi noqulayliklar natijasida emas, balki uchuvchining xatosi tufayli ro‘y bergan.

Parvoz vaqtida uchuvchi qo‘nishni amalga oshirmoqchi bo‘lib, noto‘g‘ri vositalardan foydalangan hamda texnik xatolikka yo‘l qo‘ygan. Vertolyot esa aholi yashash joyiga qulab tushgan va shu zahoti yonib ketgan.

Natijada, bortdagi barcha ekipaj a’zosi halok bo‘lgan.

Hozirda voqea sodir bo‘lgan hududda polisiya, tez yordam va favqulodda vaziyatlar xodimlari, shuningdek, Transport vazirligi xodimlari ish olib bormoqda.

Ta’kidlanishicha, vertolyot qulagan hududda talofat ko‘rgan ob’ekt va jabrlangan odamlar qayd qilinmagan.

Ikrom Rahmon



Категория: DUYNO XABARLARI | Теги: Omon qolganlar yo‘q, Rossiya, aviaholokat
Просмотров: 1137 | Рейтинг: 0.0/0

Похожие материалы

ПРОФИЛЬ
Время: 04:14
Добро Пожаловать, Гости
 
Логин:
Пароль:
Copyright © MP3LAR.COM 2016-2024 | Все права защищены | Реклама | Мы не несём ответственности за содержание. | Бесплатные произведения предназначены исключительно для предварительного ознакомительного прослушивания. Использование материалов сайта возможно только с письменного разрешения Администрации. | Сделать бесплатный сайт с uCoz