O‘zbekistonda 2016 yildagi ilk chaqaloq Farg‘onada tug‘ildi


Yangi yilning ilk soniyalarida Farg‘ona shahridagi markaziy tug‘ruqxonada qiz chaqaloq dunyoga keldi va u O‘zbekistonda 2016 yilda tug‘ilgan ilk chaqaloq sifatida qayd etildi.
"O‘zbekiston ovozi" gazetasida yozilishicha, Farg‘onada tug‘ilgan bu chaqaloqning vazni 3 kilogramm 684 grammni tashkil qilgan.
Tug‘ilganlarni qayd etish kitobiga 2016 yilning 1 yanvar kunida soat 00:01da Maftuna Sultanovaning o‘z chaqalog‘ini dunyoga keltirgani haqida ma’lumot qayd etilgan.
Chaqaloqning otasi ma’lum qilishicha, bu qizaloq uning oilasidagi ikkinchi farzand bo‘lib, bu yosh oila o‘z qizlarining "Sog‘lom ona va bola" yilida dunyoga kelganidan ikki barobar xursand bo‘lishgan.
Nashrning yozishicha, ayni vaqtda chaqaloq ham, uning onasi ham o‘zini yaxshi his etmoqda.


Категория: MAXALLIY YANGILIKLAR | Теги: ilk chaqaloq, O‘zbekiston, Farg‘onada tug‘ildi, 2016 yil
Просмотров: 2426 | Рейтинг: 0.0/0

Похожие материалы

ПРОФИЛЬ
Время: 15:09
Добро Пожаловать, Гости
 
Логин:
Пароль:
Copyright © MP3LAR.COM 2016-2024 | Все права защищены | Реклама | Мы не несём ответственности за содержание. | Бесплатные произведения предназначены исключительно для предварительного ознакомительного прослушивания. Использование материалов сайта возможно только с письменного разрешения Администрации. | Сделать бесплатный сайт с uCoz