O‘zbekistonda «Koreya kinosi kunlari» bo‘lib o‘tadi


Koreya Respublikasining O‘zbekistondagi elchixonasi «O‘zbekkino» Milliy agentligi ko‘magida 19-24 oktabr kunlari «Koreya kinosi kunlari» tadbirini o‘tkazadi. Bu haqda «O‘zbekkino» MA xabar bergan.
Toshkent, Urganch va Nukus shaharlarida tashkil etiladigan mazkur tadbirda koreyalik kinoijodkorlar tomonidan suratga olingan «Miss buvijon», «Mening sevgim, mening qaylig‘im», «Maydakash», «Arxitekturaga kirish», «Dongmakgolga xush kelibsiz!» filmlarini namoyish etish rejalashtirilgan.
Qayd etish joiz, «Koreya kinosi kunlari» «Korean Week – 2015» haftaligi doirasida o‘tkaziladi. Haftalik mobaynida «Bolalar va o‘smirlar uchun futbol bo‘yicha mahorat mashg‘ulotlari», «Koreya amaliy san’ati bo‘yicha mahorat mashg‘ulotlari» va boshqa shu kabi madaniy-ommabop tadbirlar o‘tkazilishi ham ko‘zda tutilgan.
Ma’lumot uchun, joriy yil mamlakatimizda «O‘zbekkino» Milliy agentligi ishtirokida xorijiy filmlar namoyishlari bilan bog‘liq bir qator tadbirlar bo‘lib o‘tdi. Xususan, 30 aprel ­– 3 may kunlari Toshkent shahrida, 5-6 may kunlari esa Samarqand shahrida Toshkent shahridagi Gyote instituti bilan hamkorlikda II an’anaviy «Shum bola – 2015» bolalar festivali o‘tkazildi, 22-31 may kunlari esa Toshkent shahrida Yevropa ittifoqi delegatsiyasi bilan hamkorlikda «Yevropa kinosi festivali» tashkil etildi. Shuningdek, 7-10 sentabr kunlari Xitoy Xalq Respublikasining O‘zbekistondagi elchixonasi bilan hamkorlikda «Xitoy kinosi kunlari» tadbiri bo‘lib o‘tgan edi.


Категория: KINO YANGILIKLARI | Теги: kunlar, Koreya kinosi, O‘zbekiston
Просмотров: 1182 | Рейтинг: 0.0/0

Похожие материалы

ПРОФИЛЬ
Время: 18:36
Добро Пожаловать, Гости
 
Логин:
Пароль:
Copyright © MP3LAR.COM 2016-2024 | Все права защищены | Реклама | Мы не несём ответственности за содержание. | Бесплатные произведения предназначены исключительно для предварительного ознакомительного прослушивания. Использование материалов сайта возможно только с письменного разрешения Администрации. | Сделать бесплатный сайт с uCoz